«Manchester Yunayted» vingeri Jessi Lingard jamoani tark etadi. Bu haqda «qizil iblislar» matbuot xizmati xabar bermoqda.
Lingardning «qizil iblislar» bilan shartnomasi yakuniga yetmoqda. Tomonlar hamkorlikni davom ettirmadi.
Lingard - «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Britaniya matbuotining yozishicha, «Vest Xem» va «Nyukasl» Jessini mamnuniyat bilan qabul qilishga tayyor.