Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Kapadze: «Futbolchilar o‘rtasidagi tushunmovchilikar bosqichma-bosqich yo‘qolib boraveradi»

Kapadze: «Futbolchilar o‘rtasidagi tushunmovchilikar bosqichma-bosqich yo‘qolib boraveradi»

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionati "A" guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Turkmaniston uchrashuvidan keyin vakillarimiz ustozi Temur Kapadze o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yin qiyin bo‘lishini bilardik, ammo nima bo‘lgan taqdirda ham g‘alaba qozondik. Dastlabki 3 ochko bilan muxlislarni tabriklayman. Turkmaniston ham yaxshi jamoa ekanligini bilardik. Albatta, bizda ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi. Ammo raqib darvozaboni yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Futbolchilar yaxshi o‘ynashdi, lekin oxirgi nuqtani qo‘yishda bizga omad yetishmadi. Bosqichma-bosqich o‘z o‘yinimizni yaxshilab borishga harakat qilamiz. Jasur Jaloliddinov jarohat olgani yo‘q. U ko‘plab o‘yin o‘tkazgan, shu sabab unda ozroq charchoq sezildi. Ammo ertaga tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va barchasini keyinchalik ma’lum bo‘ladi.

Bugun birinchi uchashuvdagi hayajon sezilib turdi. Umid qilamiz, keyingi o‘yinlarda bundanda yaxshiroq harakat qilishadi. Butun o‘yin davomida raqib qarshi hujumda harakat qildi. Ko‘p xatolar shuning evaziga yuzaga keldi. Bugungi o‘yinni yana ko‘rib chiqamiz va xatolarni to‘g‘rilashga harakat qilamiz. Standart vaziyatlarda ham ishladik. Lekin raqib jamoa ham standartlarni bermaslikka ham harakat qildi. Umuman olganda, futbolchilar bir-birini tushunishi uchun ozroq vaqt kerak. Futbolchilar o‘rtasidagi tushunmovchilikar bosqichma-bosqich yo‘qolib boraveradi deb umid qilamiz. Guruhda oson raqibning o‘zi yo‘q. Raqiblarning o‘yinlarini ko‘rib chiqdik. Umid qilaman, keyingi o‘yinlarda ham ijobiy natijalarga erisha olamiz", — dedi Kapadze.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:09, 01.06.2022.
O'qildi: 2477 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.