«Manchester Yunayted» bir qator o‘yinchilar bilan xayrlashib, maoshlarni sezilarli darajada tushirishga qaror qildi.
Yarim himoyachilar Pol Pogba, Xuan Mata, Jessi Lingard va Nemanya Matichlar, shuningdek, hujumchi Edinson Kavani va zaxira darvozaboni Li Grant yozda klubni tark etishadi. Mirror xabariga ko‘ra, sanab o‘tilgan futbolchilarning ketishi «Yunayted»ga maosh xarajatlarini deyarli 50 million funtga kamaytirish imkonini beradi.
Klubni tark etgan eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi yiliga 15 million funtdan ko‘proq maosh olgan Pol Pogba bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda Edinson Kavani (13 million). Xuan Mata yiliga 8 millionga yaqin, Nemanya Matich esa 6 million yevro maosh bo‘ladi.