Portugaliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyaga qarshi o‘yindagi durangga (1:1) munosabat bildirdi.
“Millatlar ligasi – bu kubokni birinchi bo‘lib qo‘lga kiritgan terma jamoamiz bilan abadiy bog‘langan musobaqa. Bu mavsumni Ispaniyadagi muhim durang bilan boshlashimiz ambisiyalarimizni jonlantiradi. Portugaliyaning g‘alabasi bizni harakatga keltiradi va har doimgidek birlashtiradi”, — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqda.
37 yoshli hujumchi Millatlar ligasi doirasidagi Ispaniyaga (1:1) qarshi o‘yinning 62-daqiqasida maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi.
KriRo oxirgi marta 2021 yilning 12 oktyabr kuni terma jamoa safida gol urgan.