Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» dunyoning eng qimmat yarim himoyachilaridan birini sotib olmoqchi, biroq bunga ishonmayapti

«Real» dunyoning eng qimmat yarim himoyachilaridan birini sotib olmoqchi, biroq bunga ishonmayapti

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasi uchun rejalarini tuzishni boshladi. Klubning asosiy maqsadlaridan biri — yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish.

ESPN Deportes nashrining xabar berishicha, madridliklarning e’tiborini «PSJ» yulduzi Vitinya tortgan. Biroq «qirollik klubi» rahbariyati 26 yoshli portugaliyalik futbolchini qo‘lga kiritish imkoniyatini «deyarli imkonsiz» deb baholamoqda.

Vitinya ayni damda dunyoning eng kuchli yarim himoyachilaridan biri hisoblanadi. Transfermarkt portali uni 110 million yevroga baholagan bo‘lib, jahonda faqatgina 11 nafar futbolchi undan balandroq narxga ega.

Eslatib o‘tamiz, «Real» uchun joriy mavsum muvaffaqiyatsiz yakunlanmoqda — jamoa birorta ham sovrin yuta olmadi. Shu sababli tarkibni yangilash Madrid klubi uchun ustuvor vazifaga aylangan.

Kiritildi: 11:42, 14.05.2026.
O'qildi: 3077 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик