Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Rahim Sterling uchun keyingi manzil qayer bo‘ladi?

Rahim Sterling uchun keyingi manzil qayer bo‘ladi?

Baho:
+ | -

Sterling 2023 yilda erkin agentga aylanadi. Aftidan "Manchester Siti" unga yangi bitim taklif etish niyatida emas. Shu sabab hujumchi yangi jamoaga ko‘chishi mumkin. Biz esa uning manzili qayer bo‘lishini taxmin qilib ko‘ramiz. Demak, boshladik!

"Barselona"

Ha, katalon klubi Sterlingning eng yaqin ta’qibchilaridan biri sanaladi. "Barselona" uni yanvar oyidayoq sotib olmoqchi edi. Agar Sterling ketishni istasa, bemalol Ispaniyaga yo‘l olishi mumkin. Chunki "Barsa" bir qator hujumchilarini yozda qo‘yib yuboradi. Ular ichida Dembele, Breytueyt, Depay hamda Traorelar bor. Shunday ekan, Sterlingga jamoada joy topiladi. Harxolda, tarixda ham "Barselona" ko‘plab ingliz hujumchilari uchun sevimli joy bo‘lgan.

"Real Madrid"

Kilian Mbappedan ayrilgach, "qirollik klubi" yangi hujumchi sotib olish borasida bosh qotirishi lozim. Sterling esa o‘sha futbolchi bo‘lishi mumkin. Ha, Sterling balki Mbappening darajasida emasdir. Ammo u istalgan jamoaga oson moslasha oladi. O‘ylaymizki, Rahim uchun Madriddagi hayot qiyin bo‘lmaydi.

"Bavariya"

Shu kecha-kunduzda "Bavariya"dan ko‘ra ko‘proq yangilik taqdim etayotgan jamoani topish qiyin. Robert Levandovskining ketishi fonida, ko‘plab hujumchilar jamoaga talpinishi turgan gap. Shulardan biri "Liverpul" vakili Sadio Manedir. Ammo Sterling Manega qaraganda qulay va arzon variant hisoblanadi.

"Arsenal"

London shahriga qaytish, sobiq "QPR" futbolchisi uchun yana bir yo‘ldir. Lekin u bu safar poytaxtning kattaroq va mashhurroq jamoasida o‘ynash imkoniga ega bo‘ladi. Mikel Arteta "Man Siti" hamda Gvardiola bilan iliq munosabatlarga ega. Shunday ekan, Sterling uchun "Arsenal"ga o‘tish qiyin kechmaydi (agar buni o‘zi hoxlasa, albatta). "To‘pchilar"ga anchadan beri yangi hujumchi zarur bo‘lib turibdi. Sterling esa muhtojlikni yo‘q chiqarishi mumkin.

"Chelsi"

Jamoaning Romelu Lukaku hamda Timo Verner bilan bog‘liq rejalari ish bermadi. Bu ikki futbolchi ham yozda o‘zga jamoaga yo‘l olishi mumkin. Uni o‘rnini bosish uchun esa yangi xarid zarur. Todd Byoli buni juda yaxshi biladi. "Chelsi"da bu borada variantlar juda ham ko‘p emas. Shunday ekan, Sterling jamoaning muammolarini hali qilishi mumkin.

"Liverpul"

Nima deb o‘ylaysiz, bu sodir bo‘lishi mumkinmi? Ayni damda Sadio Mane jamoadan ketmoqchi, Muhammad esa yangi bitim tuzishga shoshilmayapti. Shunday bir paytda Klopp zaxira varianti sifatida hech bo‘lmasa bitta yangi hujumchi xarid qilishi kerak bo‘ladi. Bu esa jamoaning sobiq vakili Sterling bo‘lishi mumkin. Jahon futbolida bunday voqealar ko‘p kuzatiladi. Shu sabab, Sterlingning "Liverpul"ga qaytishini inkor eta olmaymiz.

 


ISMATOV J.

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 21:16, 03.06.2022.
O'qildi: 3331 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик