Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay
10/10 14:10 Avstraliya 3-1 Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston - Eron
10/10 19:00 Iordaniya - Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn - Indoneziya
10/10 21:00 Qatar - Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon - Kuvayt
10/10 21:00 BAA - KXDR
10/10 23:00 Iroq - Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Yaponiya
11/10 01:00 Boliviya - Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador - Paragvay
11/10 02:00 Venesuela - Argentina
11/10 05:00 Chili - Braziliya

10 ta APL klubining 10 ta eng qimmat futbolchisi. Ular kimligini bilasizmi?

10 ta APL klubining 10 ta eng qimmat futbolchisi. Ular kimligini bilasizmi?

Baho:
+ | -

Eng yaxshi futbolchini yo‘qotish har qanday jamoaga katta zarba beradi. Ularni tekinga qo‘yib yuborish esa ikki karra yomonroqdir. Masalan, "PSJ" Mbappeni yo‘qotishiga ozgina qoldi. "MYU" esa Pogbani tekinga qo‘yib yubordi. Quyida Premyer-liganing eng yaxshi o‘nta klubining eng qimmat futbolchilarini sanab o‘tamiz.

Bukayo Saka – "Arsenal" (58,5 million)

Jamoada eng yaxshi to‘purar hamda assistent bo‘lgan Saka, "Arsenal"ning ishongan o‘yinchisi bo‘lib turibdi. U 2020 yilning iyulida 2024 yilga qadar mo‘ljallangan bitimga imzo chekkandi.

Emi Buyendia –"Aston Villa" (31,5 million)

Buyendia o‘tgan yozda "Norvich"dan olib kelingan edi. Yarim himoyachi yangi jamoasida ancha qiynaldi. Ammo mavsum so‘ngida o‘zini ko‘rsatib, 6 ta o‘yinda 2 ta gol va shuncha assistga mualliflik qildi. Buyendianing amaldagi bitimi esa 2026 yilda yakunlanadi.

Risharlison – "Everton" (45 million)

Braziliyalik hujumchiga ayni damda "Tottenxem", "PSJ" hamda "Real" qiziqmoqda. Shu sabab bu yozda "Everton" uni yo‘qotishi mumkin. Uning amaldagi bitimi 2024 yilga qadar tuzilgandi. Shuningdek, Kalvert-Lyuin ham yangi jamoaga yo‘l oladi.

Romelu Lukaku – "Chelsi" (76,5 million)

Lukaku endigina kelganiga qaramay, ketishga tayyor futbolchi sifatida qaralmoqda. Belgiyalik bu mavsumda APL doirasida 8 ta gol urdi. Bu degani uning har bir goli "Chelsi" uchun 12 million funtga tushgan. Lukaku 2026 yilga qadar "Chelsi"da bo‘lish huquqiga ega.

Vilfrid Zaxa – "Kristal Pelas" (36 million)

Zaxa o‘zi tuzgan 5 yillik bitimning so‘nggi davriga yetib keldi. Hujumchi aftidan "burgutlar" bilan yangi shartnoma imzolamaydigan ko‘rinadi. Uning bitimi esa 2023 yilga qadar tuzilgan.

Kalvin Fillips – "Lids" (45 million)

Agarda "Lids" Chempionshipga qaytganida, Fillips shubhasiz jamoasini tark etgan bo‘lardi. Futbolchining o‘zi "Lids"da qolishini aytgan. Ammo u yaqindagina agentini almashtirib, ketishi mumkinligiga ishora qildi. Angliya terma jamoasi a’zosi "Lids" bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolagan.

Vilfrid Ndidi – "Lester" (54 million)

Ndidi jarohatlari sabab bu mavsumda "tulkilar"ga 19 marta yordam bera oldi, xolos. Jamoa ustozi Brenden Rojers uning yo‘qligini, yarim finalda "Roma"ga mag‘lub bo‘lishning asosiy omili sifatida ko‘rsatgandi. Nigeriyalik hujumchining "Lester"dagi shartnomasi 2024 yilgacha tuzilgan.

Muhammad Saloh – "Liverpul" (90 million)

Garchand misrlikning amaldagi bitimi 2023 yilda yakunlansa ham, hali shartnomani yangilashga ulgurgani yo‘q. Salohning o‘zi "Enfild"da qolishni istashini bildirgan. Agarda "Liverpul" uni sotishni istamasa, u holda, tezda Salohga yangi, futbolchini qoniqtiradigan bitim taklif etishi lozim.

Kevin De Bryuyne – "Man Siti" (81 million)

Bu mavsumda APLning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan yarim himoyachi "shaharliklar"ga 2025 yilga qadar yordam berish huquqiga ega. U o‘z shartnomasi haqida shunday degandi: "Menda yana 3 yil bor. Bu vaqtni esa shu yerda o‘tkazishni istayman. Chunki bu klub aynan men xohlagan joy".

Fernandesh – "MYU" (81 million*)

Protugaliya terma jamoasi a’zosi aprel oyida "qizil iblislar" bilan tuzgan bitimini 2026 yilga qadar uzaytirgan edi. Fernandesh bu vaqt davomida haftasiga 240 ming funt maosh olishi belgilangan. Aniqki, "MYU" uni hech qayoqqa qo‘yib yubormaydi!

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com

* — футболчилар нархлари фунт-стерлингда берилган

Kiritildi: 22:00, 03.06.2022.
O'qildi: 1909 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.