“Metallurg” futbol klubi faxri, fidoyisi, gvardiyachisi, to‘purari Zohid Abdullayev butsasini “mixga osishga” qaror qildi.
“Gennadiy Krasniskiy klubi a’zosi” – Zohid Abdullayevning O‘zbekiston chempionatlaridagi statistikasi:
O‘zbekiston chempionatlaridagi o‘yinlari soni – 315 ta (“Metallurg”da – 289, “Nasaf”da – 22 ta, “Neftchi”da – 4 ta)
Chempionatdagi gollari soni – 95 ta (“Metallurg” tarkibida – 90 ta, “Nasaf”da 5 ta)
O‘zbekiston kubogidagi gollari – 15 ta
Zohid Abdullayev o‘yinlari va gollarining milliy chempionatdagi taqsimoti
2007 yil: 21 ta o‘yin, 7 ta gol
2008 yil: 25 ta o‘yin, 5 ta gol
2009 yil: 20 ta o‘yin, 6 ta gol
2010 yil: 25 ta o‘yin, 7 ta gol
2011 yil: 25 ta o‘yin, 7 ta gol
2012 yil: 20 ta o‘yin, 9 ta gol
2013 yil: 22 ta o‘yin 4 ta gol
2014 yil: 10 ta o‘yin, 2 ta gol
2015 yil: 12 ta o‘yin, 1 ta gol
2016 yil: 28 ta o‘yin, 18 ta gol
2017 yil: 27 ta o‘yin, 12 ta gol
2018 yil: 26 ta o‘yin, 7 ta gol
2019 yil: 19 ta o‘yin, 5 ta gol
2020 yil: 22 ta o‘yin, 1 ta gol
2021 yil: 22 ta o‘yin, 3 ta gol
2022 yil: 2 ta o‘yin...
Zohid Abdullayevning xayrlashuv uchrashuviga xorij jamoasi keladi
Bekobod futbolining yorqin yulduzi – Zohid Abdullayevning xayrlashuv uchrashuvi muddati va raqib jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. Shu yilning 11 iyun sanasida Bekobodga Tojikiston Respublikasining nomdor klublaridan biri – “Xo‘jand” tashrif buyuradi. Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi soat 19:00 da boshlanishi rejalashtirilmoqda.
“Xo‘jand” jamoasiga 1976 yilda asos solingan. Klubning asosiy vazifasi mamlakat bosh jamoasi “Pomir” (Dushanbe)ga iqtidorli o‘yinchilarni yetishtirib berish bo‘lgan. Tojikiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, tabiiyki, unda qatnashayotgan klublarning ham maqsad vazifalari o‘zgardi. “Xo‘jand” futbol klubi Tojiksiton milliy chempionatining eng kuchli klublaridan biriga aylandi. Bugungi kunda undanda ko‘proq sovrindor bo‘lgan bitta jamoa bor – bu “Regar TadAZ” (Tursunzoda). Tursunzodaliklar milliy chempionatlarda 16 marta sovrindor bo‘lgan (7 oltin, 7 kumush, 2 bronza). Xo‘jandliklar esa shohsupaga 14 marta ko‘tarilgan – 9 ta kumush, 5 ta bronza. Ayni paytdagi eng kuchli klub, mamlakatning o‘n karra chempioni – “Istiqlol” (Dushanbe) shohsupaga 12 marta chiqqan (10 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza).
“Xo‘jand” jamoasini so‘nggi uch mavsumda serbiyalik Nikola Lazarevich maydonga boshlab tushdi. Bu yildan Lazarevich “Qizilqum” (Navoiy) ruliga o‘tgach, “Xo‘jand” FKga Rustam Xo‘jayev bosh murabbiy etib tayinlandi. 2022 yilgi mavsum juda muvaffaqiyatli o‘tayapti deb bo‘lmaydi. 8 ta uchrashuvning 2 tasida xo‘jandliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lishsa, 2 tasida imkoniyatni boy berishdi. 4 ta o‘yinda raqiblar bilan ochkolarni bo‘lib olishdi. 10 ochko jamg‘argan "Xo‘jand" 10 ta jamoa orasida 5-o‘rinni egallab turibdi.
Jamoa tarkibida bir qator legioner o‘yinchilar bor. Belorusdan 2 nafar (Andrey Levkoves, Ignatiy Sidor), Rossiyadan 1 nafar (Sergey Skanyan), O‘zbekistondan 3 nafar (Shohruh Mahmudhojiyev, Samandar Ochilov, Firdavs Abdusalimov). Jamoa yutuqlari orasida 4 marta Tojikiston Respublikasi kubogini qo‘lga kiritganligini ham ta’kidlab o‘tish mumkin. Bu yil mavsum arafasida xo‘jandliklar mamlakat Superkubogi uchun “Istiqlol”ga qarshi maydonga chiqdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.