Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Timur Kapadze: «Keyingi bosqich masalasini hal qilgan bo‘lsak-da, Eronni ham mag‘lub etishni istaymiz»

Timur Kapadze: «Keyingi bosqich masalasini hal qilgan bo‘lsak-da, Eronni ham mag‘lub etishni istaymiz»

Baho:
+ | -

U23 Osiyo Kubogi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Qatar - O‘zbekiston (0:6) uchrashuvidan so‘ng termamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Hammani g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Jasur Jaloliddinovning ahvoli yaxshi. Shunchaki, hisobdan kelib chiqib uni zaxiraga oldik. Birinchi navbatda jamoa bugun kuchli o‘yin ko‘rsatdi va bahs ham shunga yarasha shiddatli bo‘ldi.

Follarga keladigan bo‘lsak, buni ko‘rib chiqamiz. Turkmaniston himoyaviy o‘yin ko‘rsatdi. Shu sabab gol urishimiz qiyin kechgandi. Bugungi Qatarga qarshi o‘yin esa ochiq futbol bo‘ldi. Qo‘shnilarimiz bugun Eron ustidan g‘alaba qozonibdi, demak, ularni oson raqib deb bo‘lmaydi. Turkmaniston ham kuchli jamoa. Eronga qarshi o‘yin haqida o‘ylaganim yo‘q. U bahsda ham o‘yindan kelib chiqib tarkib tanlaymiz. Albatta, tarkibda bir qancha o‘zgarishlar bo‘ladi. Garchi keyingi bosqich masalasi hal bo‘lgan bo‘lsa-da, biz o‘sha o‘yinda ham g‘alaba qozonishni istaymiz.

Bugungi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Raqibning o‘yinidan kelib chiqib taktika tanladik. Shu sabab g‘alab qozondik deb o‘ylayman. Ertadan safardagi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Umid qilamanki, Qarshidagi o‘yin ham muxlislar bilan stadion to‘ladi. Chunki, Qashqadaryoda futbolni yaxshi ko‘rishadi", — dedi Kapadze.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:38, 04.06.2022.
O'qildi: 3076 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик