"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis yarim himoyachi Fabian Ruisga yangi shartnoma taklif qildi, deb xabar beradi La Republica.
Klub futbolchi bilan shartnomani bir yilga - 2024 yilgacha uzaytirishga tayyor.
Avvalroq, 26 yoshli ispaniyalik futbolchiga Yevropaning top-klublaridan qiziqish bo‘layotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.
Joriy mavsumda Fabian Ruis 31 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali ispaniyalik yarim himoyachining narxini 55 million yevroga baholamoqda.













