“Liverpul” himoyachisi Ibrahima Konate Fransiya terma jamoasiga Rafael Varan (“Manchester Yunayted”) o‘rniga chaqirildi, deb xabar beradi terma jamoa matbuot xizmati.
29 yoshli Varan Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi o‘yinda (1:2) olgan chap sonidagi jarohati tufayli jamoani tark etdi.
23 yoshli Konate faoliyatida ilk bor Fransiya terma jamoasiga chaqirildi.