«Barselona» klubi rahbariyati yarim himoyachi Miralem Pyanichdan qutulish yo‘llarini qidirmoqda. Variantlardan biri — futbolchini «Marsel»ga sotish.
Pyanich «Barselona» bosh mruabbiyi Xaviing rejalariga kirmagan. Fransiyaliklar muzokaralarni boshlashdi.
Bosniyalik futbolchi joriy mavsumni ijara asosida «Beshiktosh» safida o‘tkazdi. Uning «Barselona» bilan shartnomasi yana 2 yil amalda bo‘ladi. Pyanich Fransiya chempionatida «Lion» safida o‘ynagan.