Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

«Bavariya» prezidenti: «Levandovskining o‘rnida bo‘lganimda o‘zimni bunday tutmagan bo‘lardim»

«Bavariya» prezidenti: «Levandovskining o‘rnida bo‘lganimda o‘zimni bunday tutmagan bo‘lardim»

Baho:
+ | -

«Bavariya» prezidenti Gerbert Xayner hujumchi Robert Levandovski jamoani tark etmasligini yana bir marta takrorladi.

"Levandovskining shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. Shartnoma – bu shartnoma! Agar shartnoma hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmasa, o‘yinchi qayoqqa ketishni o‘zi hal etsa, unda biz bu yerda nima qilib o‘tiribmiz? Shu bilan birga klub oxirgi kungacha unga maosh to‘lashi kerakmi? Bu adolatdan emas. Bunday bo‘lmasligi kerak.

Robert omma oldida bayonot berishga qaror qildi. Uning o‘rnida bo‘lganimda men o‘zimni bunday tutmagan bo‘lardim. U anchadan beri «Bavariya» safida to‘p tepyapti, ko‘plab sovrinlarni yutdi, ikki marta jahonning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

«Bavariya» unga nimalar berganini yaxshi tushanadi, deb o‘ylayman. Bu klub o‘z o‘yinchilari bilan yaxshi munosabatda bo‘ladi va ular maydonda maksimum natija ko‘rsatishlari uchun barcha ishni qiladi. Shu bois, minnatdorchilik ikki tomondan baravar bo‘lishi kerak.

– Shuncha gap-so‘zlardan keyin Levandovski «Bavariya»da qolib, yaxshi o‘yin ko‘rsata oladimi?
– Bu borada xavotirim yo‘q. Robert – haqiqiy professional, u futbol o‘ynashni istaydi.

– Levandovski keyingi yilning yozida «Bavariya»ni bepul tark etishidan klub xavotir olmayaptimi?
– Bixtimizga, bizda iqtisodiy muammolar yo‘q. Jamoaga eng yaxshi futbolchilarni olib kelishga harakat qilamiz. Robert esa eng yaxshilaridan biri. Shuning uchun keyingi mavsumda u "Bavariya"da o‘ynashiga ishonchim komil.

33 yoshli futbolchi joriy mavsumda «Bavariya» safida barcha musobaqalar doirasida 50ta o‘yinda ishtirok etib, 46ta gol urdi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 17:30, 05.06.2022.
O'qildi: 3481 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик