Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Og‘ir vaznli dzyudochilarimiz Tbilisi tatamilarini «yondirishdi»

Og‘ir vaznli dzyudochilarimiz Tbilisi tatamilarini «yondirishdi»

Baho:
+ | -

Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Bugun musobaqaning so‘nggi kunida qatnashgan 3 nafar og‘ir vaznli polvonimiz shohsupaga ko‘tarildi.

O‘zining ajoyib ishtiroki bilan ko‘plab mutaxassislar e’tirofiga tushayotgan xorazmlik Alisher Yusupov Tbilisida joriy yil hisobidan “Katta dubulg‘a” turnirlarida ikkinchi bor finalgacha yetib keldi. Afsuski, vakilimiz bu gal gruziyalik Gela Zaalashviliga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shuningdek, -100 kg vazn toifasida Otabek To‘raboyev, +100 kg vazn toifasidagi boshqa bir yurtdoshimiz Shohruh Baxtiyorov bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Qayd etish joiz, bu ular uchun mazkur tasnifdagi turnirlarda qo‘lga kiritilgan dastlabki medaldir.

Shu tariqa, Tbilisi “Katta dubulg‘a” turnirida qatnashgan dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan yakunladi.

Kumush medal:
+100 kg: Alisher Yusupov

Bronza medal:
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev
-100 kg: Otabek To‘raboyev
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu musobaqada qo‘lga kiritilgan yuqori natija bilan O‘zbekiston dzyudo federasiyasi, sportchi va murabbiylarimizni samimiy tabriklab qoladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 23:09, 05.06.2022.
O'qildi: 1778 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик