Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Yengil atletika xabarlari: Sa’dullayevada g‘alaba, Voroninada qit’adagi eng yaxshi natija

Yengil atletika xabarlari: Sa’dullayevada g‘alaba, Voroninada qit’adagi eng yaxshi natija

Baho:
+ | -

Hafta yakunida yengil atletikachi qizlarimiz Yevropa maydonlarida o‘tkazilgan turli xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, yuqori natijalarni ko‘rsatishdi. Jumladan, Safina Sa’dullayeva Germaniyada o‘tgan musobaqada g‘alaba qozongan bo‘lsa, Yekaterina Voronina hamda Darya Reznichenko Ispaniyadagi turnirda qatnashdi.

Relingen-Zirsburg shahrida o‘tgan “57th International Pentecost Sport Meeting Rehlingen” musobaqasi Sa’dullayeva uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Yurtdoshimiz bu gal 1,88 metr balandlikni zabt etishga erishdi.

Balandlikka sakrash, ayollar:
1. Safina Sa’dullayeva (O‘zbekiston) – 1,88 metr
2. Oksana Okuneva (Ukraina) – 1,85
3. Imke Onnen (Germaniya) – 1,82

Ikki karra Olimpiya o‘yinlari qatnashchisi, ko‘pkurashchimiz Yekaterina Voronina Ispaniyada «oltin» darajadagi “XI Meeting Internacional Arona Pruebas Combinadas Tenerife 2022” turnirida qatnashdi. 18 nafar mahoratli sportchilar ishtirok etgan musobaqada Yekaterina 6072 ochko bilan to‘rtinchi natijani qayd etdi. Ta’kidlash joiz, bu osiyolik ko‘pkurashchilar orasida mavsumning eng yuqori ko‘rsatkichi bo‘ldi. Voronina har bir yo‘nalishlarda quyidagi natijalarni ko‘rsatdi: to‘siqlar osha 100 metr – 14.50 (909 ochko), balandlikka sakrash – 1,73 (801), yadro uloqtirish – 13,64 (770), 200 metr – 25,52 (840), uzunlikka sakrash – 6,02 (856), nayza uloqtirish – 50,45 (869, 800 metr 2:11.90 (937).

Ko‘pkurash, ayollar:
1. Xari Xovkins (AQSH) – 6243 ochko
2. Klaudiya Konte (Ispaniya) – 6174
3. Mariyke Esselnik (Niderlandiya) – 6087
4. Yekaterina Voronina (O‘zbekiston) – 6072

Anduxar shahri mezbonlik qilgan «bronza» darajadagi “Meeting Jaén Paraíso” turnirida ishtirok etgan Darya Reznichenko uzunlikka sakrash dasturida to‘rtinchi pog‘onadan joy oldi.

Uzunlikka sakrash, ayollar:
1. Fatima Diame (Ispaniya) – 6,76
2. Yasmin Koale (Burkina-Faso) – 6,42
3. Irati Mitxelena (Ispaniya) – 6,37
4. Darya Reznichenko (O‘zbekiston) – 6,32

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:59, 06.06.2022.
O'qildi: 1758 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик