Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

“Lochin” Birinchi liga ishtirokchilari safidan chiqarildi

“Lochin” Birinchi liga ishtirokchilari safidan chiqarildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Birinchi ligada 2021 yilgi mavsumdan beri ishtirok etib kelayotgan “Lochin” jamoasi faoliyatini davom ettira olmasligini e’lon qildi. 2021 yilda jamoa 12 ta ishtirokchi orasida 8-o‘rinni egallagandi.  

Musobaqaning 7-turidan o‘rin olgan “Andijon II” jamoasiga qarshi o‘yin uchun “Lochin” maydon topa olmagan va unga texnik mag‘lubiyat yozilgandi. Shuningdek, “Lochin” 9-turdan joy olgan “Qizilqum-farm” bilan uchrashuvda ham ishtirok etmadi. Oqibatda Reglament asosida Birinchi ligadan chetlashtirildi. 

Qayd etish kerak, “Lochin” 2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport unirvesiteti jamoasi sifatida Chirchiqdagi oliygoh o‘yingohidan foydalanib keldi. Mavsum yakunida qator talablarni bajara olmaganidan kelib chiqib, “Lochin” “Jomboy” bilan bir qatorda birinchilikdan chetlashtirilishi kerak edi. Biroq O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport unirvesiteti kafolati asosida jamoa saqlab qolindi. Afsuski, ichki muammolar sabab “Lochin” musobaqani baribir davom ettira olmaydigan bo‘ldi. Avvalroq “Neftgazmontaj” jamoasi ham birinchilikda ishtirok eta olmasligini ma’lum qilgandi. 

Reglament asosida “Lochin” qayd etgan barcha natijalar 0 ga tenglashtiriladi. Endilikda Pro liga yo‘llanmasi uchun kurashni 14 ta jamoa davom ettiradi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 17:04, 06.06.2022.
O'qildi: 1782 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик