Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Manchester Siti»ning «Arsenal» ustidan g‘alabasi mashhur ekspertlarni bir fikrga keltirdi

«Manchester Siti»ning «Arsenal» ustidan g‘alabasi mashhur ekspertlarni bir fikrga keltirdi

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni Premyer-liga chempionligi uchun poygada yangi burilish yuz berdi: «Manchester Siti» «Arsenal»ni mag‘lub etib, birinchi o‘ringa yaqinlashib oldi. Uchrashuv Xosep Gvardiola jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Endilikda «kanonirlar» bilan oradagi farq bor-yo‘g‘i uch ochkoni tashkil etmoqda, shu bilan birga «shaharliklar» ixtiyorida hali bitta qoldirilgan o‘yin bor. Bahs yakunlanganidan so‘ng Sky Sports ekspertlari mavsum yakunida Premyer-liga chempionligini kim qo‘lga kiritishi haqidagi savolga javob berishdi.

Mayka Richards: «Kubok lentalari moviy rangda bo‘ladi. "Manchester Siti" bugun g‘alaba qozondi va chempionatda ham zafar quchadi».

Patrik Viyeyra: «Quloq soling, hali oldinda 15 ochko o‘ynaladi, lekin tanlash kerak bo‘lsa, "Siti" chempion bo‘ladi, deb aytaman».

Gari Nevill: «Mavsumda ilk bor shuni tan olishga majburmanki, titul "Siti"ga nasib qiladiganga o‘xshayapti».

Manchester grandiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchi bilan bahsda Rayan Sherki va Erling Xoland tomonidan kiritilgan gollar g‘alaba keltirdi.

Kiritildi: 12:39, 20.04.2026.
O'qildi: 2117 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик