Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

“Barselona” katta transferlarga tayyorlanmoqda

“Barselona” katta transferlarga tayyorlanmoqda

Baho:
+ | -

Kataloniyaning “Barselona” klubi yozgi transfer oynasi vaqtida tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishni maqsad qilgan. Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar joriy mavsum yakunida “Atletiko Madrid” hujumchisi Xulian Alvares hamda “Inter” himoyachisi Alessandro Bastoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

“Atletiko” bilan 2030 yilgacha shartnomasi bo‘lishiga qaramay, Alvares jamoasini almashtirish haqidagi savolni ochiq qoldirgan. Garchi unga “Arsenal” va “PSJ” kabi klublardan moliyaviy jihatdan jozibador takliflar bo‘layotgan bo‘lsa-da, argentinalik hujumchi Kataloniya klubi loyihasini hammasidan ustun qo‘ymoqda.

“Klubda baxtliman, biroq futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin”, deya ta’kidlagan Alvares o‘z kelajagi haqida.

Italiyalik himoyachi Alessandro Bastonining transferi esa yanada haqiqatga yaqinroq ko‘rinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi faoliyatida yangi sahifa ochish vaqti kelganini anglab yetgan va aynan Hansi Flik qo‘l ostida to‘p surish niyatida. Hozirda sport direktori Deku bosh murabbiyning yakuniy ruxsatini kutmoqda. Agar Flik rozi bo‘lsa, futbolchi “Barselona”ga o‘tishi mumkin.

“Inter” o‘z yetakchisi uchun 70-80 million yevro so‘rayotgan bo‘lsa-da, Bastoni klub rahbariyati bilan gaplashib, ushbu narxni pasaytirishga va “Barselona”ga o‘tishni osonlashtirishga tayyorligini bildirgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:50, 20.04.2026.
O'qildi: 6618 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик