Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

«Real» YECHL finali oldidan kelib chiqqan tartibsizliklar borasida UYEFAdan tushuntirish talab qildi

«Real» YECHL finali oldidan kelib chiqqan tartibsizliklar borasida UYEFAdan tushuntirish talab qildi

Baho:
+ | -

«Real» «Liverpul»ga qarshi bo‘lib o‘tgan Chempionlar Ligasi finalidagi tartibsizliklar borasida bayonot berdi.

«Real»—«Liverpul» o‘rtasidagi YECHL final bahsi tartibsizliklar tufayli 36 daqiqa kech boshlandi. Bir necha ming tomoshabin stadionga chiptasiz kirib ketgani, ayrim chiptasi bor muxlislar esa arena tashqarisida qolib ketgani aytildi. Fransiya hukumati «Liverpul» muxlislarini tartibsizliklar keltirib chiqarishda aybladi. Hozirda bu borada tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

"28 may kuni «Stad de Frans» stadioni yaqinida va kiraverishda, jumladan, stadion ichida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatni hisobga olib, «Real Madrid» ushbu voqealar qurboni bo‘lgan muxlislarini himoya qilib, quyidagilarni ta’kidlamoqchi:

1. Final uchun aynan shu joy tanlanishiga nima sabab bo‘lganini va o‘sha kuni sodir bo‘lgan voqealarni hisobga olgan holda qanday mezonlar inobatga olinganini bilmoqchimiz.

2. «Muxlislarning ojiz va himoyasiz qoldirilishiga kim javobgar?», degan savolga javob va izohlar berilishini so‘rab qolamiz. Ulardan aksariyatining bu voqealar davomidagi xatti-harakatlari ibratli edi.

Muxlislar uchun futbol bayramiga aylanishi kerak bo‘lgan voqealar ko‘ngilsiz yakun topdi va butun dunyoda chuqur g‘azabga sabab bo‘ldi.

Ko‘plab muxlislar shafqatsiz hujumlarga, ta’qiblarga va talon-tarojga uchragani OAV tomonidan taqdim etilgan suratlarda yaqqol ko‘rinib turibdi. Muxlislar jismoniy daxlsizligini saqlash niyatida avtobus yoki mashina haydab ketayotganda ham ba’zi voqealar sodir bo‘ldi. Ayrim muxlislar olgan jarohatlari sabab kasalxonada tunab qolishga majbur bo‘ldi.

Futbol dunyoga har doim intilish lozim bo‘lgan qadriyat va maqsadlardan yiroq bo‘lgan tasvirni taqdim etdi.

Muxlislarimiz futbol va sportdan ancha yiroq bo‘lgan voqealarga duch kelgani uchun javob olishga va vaziyat tushuntirilishiga loyiq", — deyiladi «Real Madrid» tarqatgan bayonotda.

Finalda «Real» «Liverpul»ni yengib (1:0), o‘z tarixida 14 marta Chempionlar Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:02, 07.06.2022.
O'qildi: 3118 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик