Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Srechko Katanes: «Tasavvurimizda ochkolarni jamg‘arib bo‘lganmiz, aslida esa unday emas»

Srechko Katanes: «Tasavvurimizda ochkolarni jamg‘arib bo‘lganmiz, aslida esa unday emas»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Osiyo Kubogi—2023 musobaqasining 3-saralash bosqichi doirasida o‘tkaziladigan o‘yinlar oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Jamoa ertangi uchrashuvga tayyor. Faqatgina ertangi emas, barcha uchrashuvlarda g‘alaba uchun harakat qilamiz. Diqqatni jamlagan holda harakat qilishimiz lozim. Hech kim o‘yindan oldin g‘alaba qozona olmaydi. Barcha jamoalarni hurmat qilishimiz kerak. Aks holda futbolda hamma narsa bo‘lganidek, sizni jazolashlari mumkin.

Raqiblar kuchsizligi uchun tarkibda rotasiya qilishi mumkinligi haqida
— Bunday yondashuv noto‘g‘ri deb hisoblayman. Biz hali hech qaysi jamoaga qarshi o‘yinni boshlamadik. Bugungi zamonaviy futbol 10—15 yil oldingisidan farq qiladi. Diqqatimizni jamlashimiz lozim. Chunki futbolchilar siz jurnalistlar yozayotgan narsalarni o‘qishini bilaman. Agar biz 100% tayyor bo‘lmaydigan bo‘lsak, xuddi siz aytgandek, har qanday syurpriz bo‘lishi mumkin. Shri-Lanka ham, Maldiv orollari terma jamoasi ham kutilmagan qarshilikni ko‘rsatishi mumkin. Men mana shu narsadan qo‘rqaman. Tasavvurimizda ochkolarni jamg‘arib bo‘lganmiz, aslida esa unday emas.

Masalan, Yaponiya va boshqa jamoalar allaqachon yo‘llanmani qo‘lga kiritgan, biz esa hali yo‘llanmaga ega chiqmadik. Haqiqat shunday. Favoritmasmiz deganim yo‘q. Lekin yana bir marta takrorlayman: biz jiddiy yondashishimiz kerak. Chunki bu musobaqa birinchi marta boshqacha formatda o‘tkazilmoqda. Avval hech qachon 6 kun ichida 3 ta uchrashuv o‘tkazilmagan. 23 nafar futbolchimiz bor, ular bilan har narsa sodir bo‘lishi mumkin. Oldin bu boshqacha edi. Dastlab uyda o‘yin o‘tkazsangiz, keyin mehmonga borardingiz. Hozir esa nega bu formatga o‘tkazilayotganidan xabarim yo‘q.

Superligada tur o‘yinlari tugaganidan so‘ng 6 kun davomida futbolchilar dam olmoqda. Bu ular uchun juda katta tanaffus. Lekin biz barchamiz bir xil holatdamiz.

Shahboz Jo‘rabekov terma jamoaga chaqirilmayotgani haqida
— O‘zbekiston terma jamoasida ish boshlaganimga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Asosan o‘zimiz sinab ko‘rgan futbolchilarni tarkibga jalb qilishga harakat qildik. Chunki saralash uchrashuvlarida jiddiy o‘yinlar kutib turibdi. Saralash yangi futbolchilarni sinab ko‘radigan musobaqa emas. Barcha o‘yinchilarni hurmat qilaman, ammo hozirda eng yaxshi futbolchilarni tarkibga chaqirganmiz.

Mahalliy futbolchilardan ko‘ra legionerlarga ko‘proq imkon berayotgani haqida
— Bizning o‘z ishimiz bor, Superliganing barcha o‘yinlarini kuzatyapmiz. Agar hozir har xil ismlarni aytadigan bo‘lsam, kimdir haq yoki nohaqligi borasida munozara boshlanadi. Shuning uchun bu ishlarga jiddiyroq yondashaylik. Yuqorida ta’kidlaganimdek, eng yaxshi futbolchilarni tarkibga jalb qilganmiz.

Bobur Abduxoliqov haqida
— Saralash o‘yinlarida yangi futbolchilarni sinab ko‘ra olmaymiz. Balki, siz haqdirsiz, tarkibdagilardan ko‘ra yaxshiroq o‘yinchilar bordir. Masalan, Eldor Shomurodov nega tarkibga chaqirildi, axir, «Roma»da asosiy tarkibda tushmayapti-ku, deyishingiz mumkin. Lekin Eldor hozir bizning eng yaxshi hujumchimiz ekanligini bilaman.

Vaziyat taqozo etsa, U-23 dagi futbolchilarni tarkibda tushirishi haqida
— Hozir ularga tegishga bizning haqqimiz yo‘q. Qoidalar bo‘yicha mumkin emas. Hozircha bu haqida gapirishni istamayman. U-23 terma jamoasidagi ba’zi futbolchilar mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi—2023 musobaqasining 3-saralash bosqichidagi C guruhi o‘yinlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston saralash bosqichidagi dastlabki o‘yinini 8 iyun kuni Shri-Lankaga qarshi bahs bilan boshlaydi. 11 iyun kuni Maldiv orollariga qarshi o‘ynasa, 14 iyunda Tailandga qarshi maydonga tushadi. C guruhidagi barcha uchrashuvlar Namangandagi «Markaziy» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:20, 07.06.2022.
O'qildi: 3739 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.