"Barselona" rahbarlari yarim himoyachi Frenki de Yongni "Manchester Yunayted"ga qo‘yib yuborishga qaror qilishdi.
Marca xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi rahbarlari futbolchini baribir "Manchester Yunayted"ga qo‘yib yuborishadi, chunki "ko‘k-anorranglilar" boshqa jamoalardan yaxshiroq taklif olishi dargumon. De Yong uchun “qizil iblislar” turli bonuslarni hisobga olmaganda, taxminan 60 million yevro to‘lashga tayyor.