Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Qo‘qon-1912» o‘z stadioniga qaytish uchun jadal ishlarni boshlab yubordi

«Qo‘qon-1912» o‘z stadioniga qaytish uchun jadal ishlarni boshlab yubordi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, “Qo‘qon-1912” jamoasi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi. Jamoaning yangi rahbari Grigoriy Ayrapetov jamoaga kelgach yangi maqsad va yangi marralarni ko‘zlab ish boshladi.

Eng birinchi maqsad — “Qo‘qon-1912” jamoasining uy stadioni bo‘lgan Qo‘qondagi “Markaziy” stadionini xalqaro standartlar talabiga mos holatga keltirish hamda jamoaning uydagi o‘yinlarini “Markaziy”ga ko‘chirish. Bu yo‘lda jamoa rahbariyati hamda barcha ishchi-xodimlar yeng shimarib ishga kirishdilar.  “Markaziy” stadion chimini parvarishlash maqsadida stadion barcha tadbirlar uchun vaqtincha yopildi. Maydon parvarishi uchun kerak bo‘lgan texnikalar hamda uskunalar keltirilib maydonda katta ko‘lamdagi ishlar boshlanib ketdi. Chimga ishlov berish, kerakli bo‘lgan mineral o‘g‘itlar bilan parvarishlash ishlari, bu sohadagi yetakchi mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda olib borilmoqda.

“Markaziy” stadion yoritish tizimini yangilash o‘z yakuniga yetmay qolgan edi. Yangi rahbariyat bu borada ham harakatlarni boshlab yuborishgan. Barcha ishlar reja bo‘yicha davom etsa, “Qo‘qon-1912” jamoasi 2-davradan boshlab o‘z maydoniga qaytadi. Jamoaning uy uchrashuvlari “markaziy” stadionida o‘tkaziladi. Stadiondagi barcha mayda kamchiliklar bartaraf qilinib, ta’mirtalab joylar ta’mirdan chiqarilmoqda.

Shu bilan birgalikda jamoaning yoshlar tarkiblari to‘p suradigan 2-BO‘SMga qarashli stadionda ham bir talay ishlar olib borilmoqda. Stadion darvozalari yangilandi. Bu stadion ham barcha talablarga mos tarzda jihozlanadi. Stadiondagi tablolar ishga tushirilib, maydon chetiga reklama bannerlari o‘rnatiladi.

Xullas, “Qo‘qon-1912” yangi maqsadlar sari katta qadam tashlashni boshladi.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 11:17, 10.06.2022.
O'qildi: 1638 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.