Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Messi kelasi mavsum ham Parijda qolishi kerakmi?

Messi kelasi mavsum ham Parijda qolishi kerakmi?

Baho:
+ | -

Kilian Mbappening «PSJ» bilan yangi shartnomasi fonida hamma Leo Messining Parij klubidagi so‘nggi mavsumini boshlayotganini butunlay unutdi. Ha, aynan shunday taxmin qilsa bo‘ladi.

2021 yil yozida «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tgan Messi muxlislar va mutaxassislar kutganidan ko‘ra ancha kamtarona mavsum o‘tkazdi. Messi barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda 11 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Liga 1da Messi jamoadoshi Kilian Mbappedan o‘z fishkasi hisoblangan assistentlik borasida o‘zib keta olmadi va ikkinchi o‘rinni egalladi. Xo‘sh, ushbu jihatlarni hisobga olsak, keyingi mavsumda Messidan nima kutish mumkin? To‘g‘ri, Messi klubga allaqachon moslashib bo‘lgani, jamoadoshlari bilan yaqin aloqa topgani, yangi shaharga qulay joylashgani va Fransiya chempionati bilan yaqindan tanishganini inobatga olsak, yuqori saviyada o‘ynaydi deb kutish mumkin. Albatta, Messi bir yoshga qariydi, lekin Leoning o‘tgan mavsumdagi ajoyib o‘yinidan keyin argentinalik futbolchidan bora-bora to‘p uzoqlashib borayotgandek.

«PSJ»ni qimmatli 3 ochko bilan ta’minlagan g‘alaba gollarini Kilian boshqa jamoadoshlariga nisbatan ko‘proq amalga oshirdi. Uning ichki chempionat doirasidagi 28 golidan 13tasi «PSJ»ga maydonni g‘olib sifatida tark etish imkoniyatini berdi. Chinakam xaloskorga xos ko‘rsatkich! Bu borada ikkinchi natijani qayd etgan Lyudovik Ajorkning natijasi ham chakki emas: uning Liga 1 doirasidagi 12 golidan 8tasi «Strasburg»ga g‘alaba keltirdi va jamoa mavsumni 5-o‘rinda yakunladi.

Bu boradagi eng muhim to‘purar: Vissam Ben-Yedder («Monako») - jamoa gollarining 38,5 foizini amalga oshirdi.

Mbappedan boshqa futbolchiga nasib etgan dastlabki yuksak natija. Mavsumning hal qiluvchi bahor bosqichida qayd etilgan «Monako»ning 9 o‘yindan iborat g‘alabali seriyasida Vissamning hissasi katta bo‘ldi. Knyazlik klubi hisobidagi 65 golning 25tasi - 31 yoshli faxriy hujumchining xizmatlari samarasi. Bu borada keyingi o‘rinni Liga 1 debyutanti - «Klermon» hujumchisi Muhammad Bayo band etdi. «Klermon» gollarining 36,8 foizi aynan unga tegishli.

Ushbu ko‘rsatkichlar ham nomdor Messini e’tibordan chetda qolishiga sabab bo‘lmoqda.

Ayni dam Mbappening kelajagi haqida hamma narsa aniq bo‘lgan. U boshliq jamoa kelasi mavsumdan yaxshiroq va barqarorroq o‘yin ko‘rsatadi deya taxmin qilinmoqda. Yangi murabbiy «PSJ» muvaffaqiyati formulasini o‘ylab topishi mumkin, Messi esa jamoaning yuksalishi uchun katalizator bo‘lishi kerak.

Mbappe parijliklar uchun asosiy o‘yinchi ekanligiga shubha yo‘q va ayni dam fransuz o‘zining eng yaxshi sport formasida, hatto Neymar ham o‘yin sifati bo‘yicha ikkinchi darajaga tushib bo‘lgan. Messi esa o‘z nomiga qaramasdan hech qachon uchinchi darajali hujumchi sifatida qayd etilmagan. Bu o‘z o‘rnida Mbappe va Neymar uchun imkoniyatlar yaratishi aniq. Agar Messining faoliyati shunday davom etsa, Leo keyingi mavsumda barcha musobaqalarda yigirmatadan ortiq golli uzatmani amalga oshirishi mumkin. Messi kelasi mavsumda eng yaxshi o‘yin ko‘rsatadi deb faraz qilsak, u yana bir yilini Parijda o‘tkazishga qaror qiladimi va «PSJ» Messini uchinchi mavsum jamoada qoldirishni xohlaydimi, degan savollar tug‘ilishi aniq.

Bir yildan so‘ng Messi «PSJ»dan «Inter Mayami»ga o‘tishi va u yerda klub xo‘jayini vazifasini ham bajarishi xabar qilingandi. Bu mish-mishlarni Leo vakillari bir zumda rad etishdi, ammo futbol muhitida Messi va Mayami jamoasining birgalikdagi kelajagi haqida juda ko‘p gaplar bo‘ldi. Kelgusi mavsum Messi uchun «PSJ»dagi so‘nggisi bo‘ladi, deb taxmin qilish juda o‘rinli. Klub kelajakka qarashi kerak, parijliklar kelasi yildan kuchga kiradigan yangi moliyaviy feyr-pley qoidalariga ko‘ra, yosh futbolchilarga olishi kerak bo‘lgan maoshlarini to‘lashga qurbi yetmaydi. Zero, Messi bunga yo‘l bermayapti. «PSJ» Messining transferidan marketing nuqtayi nazaridan katta foyda ko‘rdi, lekin Leo qanday o‘ynashidan va qanday sovrinlarni qo‘lga kiritishidan qat’i nazar, Parijda buyuk argentinalik bilan xayrlashish vaqti kelgandek!

Sizningcha, Leo Parijda qolishi kerakmi?

Kiritildi: 14:09, 10.06.2022.
O'qildi: 1339 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.