Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Messi va Neymarda keskin pasayish. Azar esa Eldor Shomurodovdan sal qimmatroqqa baholandi: transfer narxida keskin “sinish” bo‘lgan futbolchilar

Messi va Neymarda keskin pasayish. Azar esa Eldor Shomurodovdan sal qimmatroqqa baholandi: transfer narxida keskin “sinish” bo‘lgan futbolchilar

Baho:
+1 | -

Neymarda ham pasayish kuzatildi, ammo “Atletiko” yarim himoyachilarining narxida katta “sinish” bor

Biz Transfermarkt portalidagi futbolchilarning yangilangan narxlarini o‘rganishda davom etamiz. Biz kecha Yevropada narxi eng ko‘p oshgan charm to‘p ustalari haqida gapirgan edik. Endi navbat narxida keskin pasayish bo‘lgan o‘yinchilar haqida to‘xtalmoqchimiz.

Narxi tushish borasida chempion — "Atletiko"

Diyego Simeone jamoasi avvalgi yildagi muvaffaqiyatdan so‘ng, chempionligini himoya qila olmadi. Ularda ham xuddi "Barselona"da bo‘lgani kabi katta inqiroz kuzatildi. Yo‘q, madridliklarda moliyaviya qiyinchiliklar emas, aksincha jarohatlar borasida muammolarga kuzatildi. Bularning barchasi asosiy o‘yinchilarning narxiga jiddiy ta’sir qildi. Yarim himoyachilar Markos Lyorente va Koke transfer summasida keskin pasayish bo‘lgan futbolchilar orasida birinchi o‘rinni egallashdi – ikkalasi ham 35 million yevroga arzonladi.

“Barselona” xavbeki Frenki de Yong ham kuchli uchlikka kirdi. Niderlandiyalik futbolchining narxi "Barselona"ga borishidan oldin ko‘tarilayotgan edi, ammo kataloniyaliklar safiga o‘tgach, uning transfer summasida pasayish boshlandi. Xavi bosh murabbiy etib tayinlangach, u umuman asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi. Hozirda klub uni sotish haqida o‘ylamoqda. Oldin 90 million yevroga baholangan futbolchi, endi 30 million yevroga arzonlashdi. Hozirda Frenkining bozor qiymati 60 millionni tashkil qiladi.

Messi va Neymarning narxida ham “qulash” bo‘ldi, Azar esa Shomurodovdan sal qimmatroq

“PSJ” hujum uchligidan faqat Kilian Mbappe kundan-kunga qimmatlashmoqda. Buni yosh bilan izohlash mumkin, ammo baribir bu bahona bo‘lmaydi: Leo Messi va Neymarning qiymati ancha pasaygan. Argentinalik futbolchining narxi 30 million yevroga, braziliyalikning narxi 25 million yevroga tushib ketdi. Gap nafaqat yoshda, balki... Messi “Barselona”dan Parij klubi safiga ko‘chib o‘tganidan so‘ng, omadsiz mavsum o‘tkazdi (6+14). Shuning uchun argentinalik forvarning nega arzonlashganini tushunish mumkin. Neymar esa o‘tgan yilgi bilan solishtirganda yaxshiroq mavsum o‘tkazdi, lekin Chempionlar ligasida biz uni yo‘qotib qo‘ydik (oltita o‘yinda atigi ikkita golli uzatma).

Lekin eng katta pasayish Eden Azarda bo‘ldi. Bir necha yil oldin belgiyalik dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri edi, keyin 115 million yevro evaziga "Real"ga o‘tdi va bu mavsumda uning qiymati 70 foizga tushib ketdi. Endi Azarni har qanday klub ham o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Chunki uning yangi bahosi 12 million yevroni tashkil qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi va “Roma” futbolchisi Eldor Shomurodovning narxi ham tushib ketdi. O‘tgan yozda “Jenoa”dan 14 million yevro evaziga Rim klubiga ko‘chib o‘tgan legionerimiz yangilangan narxlarda 8 million yevroga baholandi. Uning oldingi narxi esa 10 millionni tashkil qilar edi.  

Narxida keskin pasayish kuzatilgan 20 nafar futbolchining to‘liq ro‘yxati:

“Barselona” va “Atletiko” bu yerda “qirol”.

  1. Markos Lyorente («Atletiko») — € 45 mln (35 mln yevroga arzonlashgan)
  2. Koke («Atletiko») — € 25 mln (- € 35 mln)
  3. Frenki de Yong («Barselona») — € 60 mln (- € 30 mln)
  4. Lionel Messi («PSJ») — € 50 mln (- € 30 mln)
  5. Kazemiro («Real») — € 40 mln (- € 30 mln)
  6. Mark-Andre ter Shtegen («Barselona») — € 30 mln (- € 30 mln)
  7. Antoni Marsyal («Manchester Yunayted»/«Sevilya») — € 16 mln (- € 29 mln)
  8. Eden Azar («Real») — € 12 mln (- € 28 mln)
  9. Neymar («PSJ») — € 75 mln (- € 25 mln)
  10. Yan Oblak («Atletiko») — € 45 mln (- € 25 mln)
  11. Antuan Grizmann («Atletiko») — € 35 mln (- € 25 mln)
  12. Kristian Eriksen («Brentford») — € 15 mln (- € 25 mln)
  13. Timo Verner («Chelsi») — € 42 mln (- € 23 mln)
  14. Lorenso Insinye («Napoli») — € 25 mln (- € 23 mln)
  15. Stefan de Vrey («Inter») — € 28 mln (- € 22 mln)
  16. Artur («Yuventus») — € 18 mln (- € 22 mln)
  17. Garri Keyn («Tottenxem») — € 100 mln (- € 20 mln)
  18. Jeydon Sancho («Manchester Yunayted») — € 80 mln (- € 20 mln)
  19. Usman Dembele («Barselona») — € 30 mln (- € 20 mln)
  20. Tangay N’Dombele («Tottenxem» / «Lion») — € 30 mln (- € 20 mln)

Keyn, Sancho, Dembele va N’Dombele bilan birgalikda Alvaro Morata («Atletiko Madrid»/«Yuventus», 25 million yevro), Marsel Zabitser («Bavariya», 22 million yevro) va Toni Kroos (20 million yevro) kabi futbolchilar ham 20 million yevroga arzonlashganini aytib o‘tish kerak.

Kiritildi: 19:56, 10.06.2022.
O'qildi: 6937 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.