Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Isroil Madrimov va Mishel Soro revansh jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi

Isroil Madrimov va Mishel Soro revansh jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (8-0, 6KO) va Mishel Soro (35-3-1, 24KO) o‘rtasidagi chempionlik kamariga majburiy da’vogar maqomi uchun revansh jangi 9 iyul kuni bo‘lib o‘tishi tasdiqlandi.

Ikkala bokschi o‘rtasidagi revansh jangi Angliyaning London shahrida bo‘lib o‘tadi.

Madrimov va Soro 2021 yil 17 dekabrda Toshkentda ilk bor to‘qnash kelgan edi. Jangning 9-raundida gong ovozini eshitmagan Madrimov raqibga bir necha zarbalar yo‘llashi natijasida texnik nokaut qayd etilgan edi. Bundan norozi bo‘lgan Soro jamoasi tashkilotga revansh berilishini so‘rab murojaat qilgandi. VBA Soro jamoasining so‘rovini qabul qilgan va Madrimovga revansh jangida ishtirok etish majburiyatini qo‘ygandi.

WBA Super kamari ayni damda Jermell Charloga tegishli hisoblanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:25, 10.06.2022.
O'qildi: 2849 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.