Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Bu mashinani to‘xtating yoxud uning tugmasi qayerda o‘zi!?

Bu mashinani to‘xtating yoxud uning tugmasi qayerda o‘zi!?

Baho:
+ | -

Belarus chempionati Oliy ligasi 10-turidan keyin o‘zbekis­tonlik 4 nafar futbolchini o‘z tarkibiga olgan «Energetik-BGU» jamoasi haqida xuddi shunday gaplar aytilmoqda. Chunonchi, avvalgi mavsum oxirgi turdagina elitada «jon» saqlab qolgan klub hozirda peshqadam BATEni izma-iz ta’qib qilmoqda. Quyida hamyurtlarimiz «Slaviya»ga qarshi kechgan oxirgi o‘yin (5:0)da qanday harakatlanishganiga qisqacha to‘xtalamiz.

Abbos Jumaqulov. Shu paytga qadar 4 marta qaydnomaga kiritilgan yosh hujumchi «Energetik-BGU»dagi debyutini munosib nishonladi. Abbosbek maydonga tushganida hisob 4:0 edi. E’tiborli tomoni, u atigi 2 daqiqadan keyin penalti ishladi. Jumaqulov bundan tashqari, 4 marta uzatma amalga oshirdi, 6 marta yakkakurashlarga kirishdi hamda 1 bora dribling ishlatdi (muvaffaqiyatsiz). Umuman olganda, debyut yaxshi chiqdi.

Shohruh Abdurahmonov. InStat bo‘yicha 251 ball to‘plagan (barcha futbolchilar orasida eng yaxshi ko‘rsatkich) yarim himoyachi jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymadi, himoyada ham, hujumda ham foydali harakatlandi. U gol urgan vaziyat - yorqin misol. Abdurahmonov bunda raqib jarima maydoni yaqinida to‘pga ega chiqib, kuchli zarba bilan darvozani nishonga oldi. Uning yana bir zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. Qolaversa, Shohruh hal qiluvchi uzatma muallifiga aylandi, to‘pni 9 marta raqiblardan olib qo‘ydi, 11 marta jamoasiga qaytardi hamda yakkakurashlarning 76 foizida ustun keldi. Shuning­dek, 12 marta (eng yaxshi natija) aldamchi harakatlar evaziga raqiblarni chalg‘itishga urinib ko‘rdi — samaradorlik 83 foiz.

Abduqodir Husanov. 12-daqiqada aynan shu futbolchimiz ijrosidagi jarima zarbasidan keyin to‘p kiperdan qaytdi va Aleksandr Svirepa hisobni ochdi. Yakunda Abduqodir penaltini ishonchli tarz­da amalga oshirib, hisobga nuqta qo‘ydi. Bu Husanovning chempionatdagi ikkinchi golidir. Asosiysi, «talabalar» ketma-ket 3ta o‘yinda gol qo‘yib yuborishmadiki, bunda himoyachimizning xizmati ham katta. Xususan, «Slaviya» bilan o‘yinda Husanov 17 marta to‘pni ilib ketdi (hammadan ko‘p), raqib darvozasi tomon 4 marta zarba yo‘lladi (faqat Papariga va Abduxoliqovda urinishlar ko‘proq bo‘ldi - 5tadan zarba).

Bobur Abduxoliqov. Hujumchimiz 10-o‘yinda 11-golini nishonlab, Belarus chempio­nati tarixidagi to‘purarlarning elit-guruhiga kirdi. Mamlakat yuqori ligasida hozirga qadar atigi 3 nafar futbolchi shunday samaradorlikka erishgan ekan. Abduxoliqovning «Slaviya» bilan bahsda o‘z hisobiga samarali uzatma ham yozib qo‘yganini alohida ta’kidlash joiz. Qolaversa, uning 5ta zarbasidan 4tasi aniq chiqdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:39, 11.06.2022.
O'qildi: 2813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.