«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovich futbolni qanchalik sevishi haqida gapirdi.
“Men faqat g‘alaba uchun yashayman. Muvaffaqiyatsiz bo‘lganimda o‘zimni g‘alati his qilaman. Gol urganimda o‘zimni baxtdan yettinchi osmonda his qilaman.
Bu haqiqatan ham meni rag‘batlantiradi va hayotimga mazmun bag‘ishlaydi. Men o‘zimni futbolga 24 soat bag‘ishlashga tayyorman», - deydi 22 yoshli serb.