Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Zohid Abdullayevning katta futbol bilan xayrlashuv oqshomidan katta reportaj (fotojamlanma)

Zohid Abdullayevning katta futbol bilan xayrlashuv oqshomidan katta reportaj (fotojamlanma)

Baho:
+ | -

15 yil mobaynida o‘zbek futboli rivojiga, Bekobod futboli taraqqiyotiga sadoqat bilan xizmat qilgan Zohid Abdullayev katta futbol bilan xayrlashdi. Albatta o‘zining sevimli sport turini tark etmadi. Aksincha uning darajasi oshdi. Futbolchilik faoliyatini yakunladi, xolos. Ayni paytda murabbiylik kursida bilimlarini oshirayotgan Abdullayev klub tizimida, yangi iste’dodlarni kashf etish sohasida mehnatini davom ettiradi.

Zohid Abdullayevning katta futbol xayrlashuv oqshomi Bekobod ahli uchun, Abdullayevlar xonadoni, sulolasi, yaqinlari uchun bir umr esda qolarli bo‘ldi. Zo‘r tantana bilan tashkil etilgan tadbir “Metallurg” stadioniga tashrif buyurganlarda ulkan taassurot qoldirdi. Ularga manzur bo‘ldi.

O‘zi o‘zbek futbolida xayrlashuv uchrashuvlarini tashkil etgan futbolchilar ko‘p emas. O‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov, Osiyo o‘yinlari chempionlari Ilhom Sharipov, Azamat Abduraimov hamda Shuhrat Maqsudovlar shunday tantana bilan xayrlashishgan. Endi ular qatorida “Gennadiy Krasniskiy klubi” a’zosi, “Metallurg” to‘purari va gvardiyachisi Zohid Abdullayev ham bor.

Tadbir “Metallurg” madaniyat uyi ashula va raqs to‘garagi vakillarining chiqishlari bilan boshlandi. “Xayrlashuv oqshomi”ning asosiy dasturi “Metallurg” va “Xo‘jand” jamoalari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik-nazorat uchrashuvi bilan davom ettirildi. Uchrashuvning 15-daqiqasida uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayevning hushtagi o‘yinni to‘xtatdi. 15-raqamda 15 yil futbolda faoliyat yuritgan Zohid Abdullayev o‘z o‘rnini qadrdon do‘sti, jamoadoshi Islombek Isoqjonovga bo‘shatib berdi. Maydonni tark etishdan avval Zohid o‘zini yillar davomida chin dildan qo‘llab quvvatlagan muxlislariga ta’zim bajo etdi. Minnatdorlik ramzi sifatida tribunalar tomon esdalik futbol to‘plarini tepdi. Shundan keyin Xalqaro uchrashuv a’zolari jonli yo‘lak tashkil etib, Zohidni kiyinish xonasiga kuzatishdi.

“Metallurg” – “Xo‘jand” jamoalari uchrashuvning tanaffus paytida ham bayram muhiti, ko‘tarinki kayfiyat davom ettirildi. Bir hafta mobaynida Bekobod shahrida 2011 yil va undan keyin tug‘ilgan bolalar jamoalar o‘rtasida xalqaro turnir tashkil etilgandi. Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston hamda mamlakatimiz bolalaridan iborat 12 jamoa ishtirokidagi musobaqa g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi tashkillashtirildi. Turnirga kelganlarning hech biri quruq qaytmadi. Bolalarni xursand etuvchi omil nima – albatta esdalik sovg‘alari. Buning ustiga Bekobod futboli afsonasining xayrlashuv oqshomida, minglab muxlislar qarshisida, o‘zlari orzu qiluvchi atmosferada taniqli murabbiylar, futbolchilar qo‘lidan sovrin olishga nima yetsin?! Bolalar turnirining barcha ishtirokchilari “Metallurglar kuni”ga bag‘ishlab o‘tkaziluvchi an’anaviy turnirning keyingi mavsumlarida ham albatta Bekobodga kelish istaklarini yashirmay, xursand kayfiyatda uylariga qaytishdi.

Kecha qahramonini tadirlash marosimi esa xalqaro uchrashuv so‘ngiga olib qo‘yildi. O‘rtoqlik-nazorat uchrashuvi poyoniga yetdi. Unda “Metallurg” kombinasion futbol namoyish etib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Hech bir ssenariysiz (xayrlashuv oqshomlarida ko‘p kuzatganimiz – gollar shousi) murosasiz, qiziqarli kurashlar ostida o‘tgan o‘yinda muxlislar 3 ta golning shohidi bo‘lishdi. Barcha gollar mehmonlar darvozasidan joy oldi – 3:0. Shundan so‘ng stadin suxandoni tadbir mehmonlari – “Metallurg” klubi muassislari, Zohid Abdullayevning murabbiylari, sobiq va ayni paytdagi safdoshlari, do‘stlarini taklif etdi. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Professional futbol ligasi nomidan Zohid Abdullayevga esdalik sovg‘alari topshirildi. So‘ngra Bekobod shahar hokim N.Boboyev, O‘zbekiston metallurgiya kombinati aksionerlik jamiyati boshqaruvi raisi – bosh direktori, “Metallurg” PFK prezidenti R.Pirmatov Zohid Abdullayevga Bekobod futboli rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun tashakkur aytishdi. Minnatdorlik ramzi sifatida “Neksiya-3” yengil avtomashinasi kaliti sovg‘a qilindi. Zarbof to‘n kiydirildi.

Zohid Abdullayevning futbolchilik faoliyati yakunidagi dil so‘zlari muxlislar qalbini titratdi: “Ko‘pchilik futbolchilar 23 yoshida faoliyatini yakunlashgan. Mening ustozlarim esa ko‘cha futbolida to‘p tepib yurgan, charm to‘p sirlaridan na bilim, na tushunchaga ega bo‘lmagan mendayin bir havaskor yigitni 23 yoshimda katta futbolga olib kirishdi. Ishonch bildirishdi. O‘rgatishdi. Ularning ishonchini oqlaganimdan g‘oyat baxtiyorman. Bekobod futboliga sadoqat bilan 15 yil xizmat qilgan bo‘lsam, bugun meni qo‘llarida ko‘tarib, katta futboldan kuzatishayapti. Bularning barchasi uchun avvalo ota onamga, meni shu sport turiga yetaklab kelgan ustozlarimga, yaqinlarimga, menga muxlislik qilgan, qo‘llab quvvatlagan barcha barchaga – O‘zmetkombinat rahbariyatiga, klub mutasaddilariga, men bilan ishlagan, to‘p surgan barcha murabbiylarim, safdoshlarimga boshim yerga tekkuncha ta’zim qilaman. Rahmat”. Zohid Abdullayev dil izhorlarini yakunlab, uning futbolchi sifatida tanilishi, shakllanishida ulkan hissa qo‘shgan murabbiy-ustozlari Rustam Mirsodiqov, Shavkat Saidovlarga zarbof to‘n kiydirdi. Tadbir mehmonlariga, safdoshlariga, jamoadoshlariga esdalik sovg‘alarini ulashdi. Xayrlashuv oqshomi esdalik uchun katta fotosessiya bilan nntiho topdi.

Nazorat – o‘rtoqlik uchrashuvi

METALLURG – XO‘JAND – 3:0

Gollar: Shohnazar Norbekov (16), Ergash Ismoilov (39), Zabihillo O‘rinboyev (90)
 
Hakamlar: Shavkat Nasibullayev, Rishod Nugmanov, Doniyor Saylovov, Davron Anvarov

Nazoratchi: Timur Galeev

“Metallurg”: 87.Akmal Ortiqov, 5.Abbos Otaxonov,  8.Salamat Quttiboyev (s), 10.SHohnazar Norbekov 11.Damir Temirov, 15.Zohid Abdullayev (7.Islombek Isoqjonov, 15), 18.Fozil Musayev, 19.Ergash Ismoilov, 22.SHahzodbek G‘ofurbekov, 80.Farrux Ibrohimov, 94.Farhod Bekmurodov

Ikkinchi taymda zahiradan maydonga tushganlar: 12.Aleksandr Lobanov, 99.Vladimir Vagin, 6.Xudoyshukur Sattorov, 9.Zabixillo O‘rinboyev, 14. Abror Toshqo‘ziyev, 16.Jasur Xolto‘rayev, 26.Hakimxon Alamxonov,  27. Ixtiyor Toshpo‘latov, 28.Nosirjon Abdusalomov, 31.Muhriddin Salohiddinov, 97.Muhammadali Aliqulov.

“Xo‘jand”: 50.SHohruh Qirg‘izboyev, 5.Firdavs Abdusalomov, 6.Hojiboy Ziyoyev, 8. Ehson Boboyev, 9.Feruz Xolmatov, 10.SHohrux Maxmudxojiyev, 20.Samandar Ochilov, 21.Firdavs Chakalov, 62.Jahongir Ergashev (s), 97.Sergey Skanyan, 98.Ignatiy Sidor.
Zaxira: 16.Suhrobxo‘ja Yusupov, 7.Andrey Levkoves, 14.Tohir Mullado‘stov, 18.Daler Yodgorov, 63.Muhammadali Azizboyev, 66.Naimjon Ibrohimzoda, 77.Karamatullo Saidov.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 12:22, 12.06.2022.
O'qildi: 4043 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.