Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Srechko Katanes: "Hozir futbolda jismoniy tayyorgarlik birinch o‘rinda turadi...."

Srechko Katanes: "Hozir futbolda jismoniy tayyorgarlik birinch o‘rinda turadi...."

Baho:
+ | -

O‘zbekiston-Maldiv o.(4:0) bahsidan so‘ng jamoalar murabbiylari va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sardorimiz Eldor Shomurodov o‘yinga oid tassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Srechko Katanes (O‘zbekiston m.t.j. ustozi): - Futbolchilarni tabriklayman. Raqib ustozini ham, chunki ular butunlay himoyaga yotib olishmadi. Hali muammolarimiz bor. Ochiqchasiga aytaman, birinchi bo‘limdan qoniqmadim. Ikkinchi bo‘limda yangi futbolchilarni maydonga tushirganimiz foyda bo‘ldi.

Bu bosqichda qatnashayotganimiz yaxshi natija emas. Oldimizda ko‘p ishlar bor. Ishimiz oson emas. Yigitlar asosan klublarda bo‘lishadi, bizga turli holatda kelishadi. Masalan, Tailand bir oydan beri mashg‘ulot o‘tkazyapti. Bizda esa vaqt ko‘p bo‘lmadi.

Men uchun Eldordek legionerlar o‘z klubida har doim 90 daqiqa o‘ynashi muhim. Hozir futbolda jismoniy tayyorgarlik birinchi o‘rinda.

***

Eldor Shomurodov: - Muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.2-bo‘limda yaxshiroq o‘ynadik, raqib charchagani sezildi. Tiklanishga harakat qilamiz. Birinchi o‘yinda gol ura olmaganim? Raqib chuqur himoyalandi, shuningdek, vaziyatlardan ham foydalana olmadim. Bugun esa Maldiv ochiq o‘yin ko‘rsatdi. Maksim Shaskix rekordiga 3ta gol qoldi. Albatta, buni yangilab, tarixga kirish niyatim bor. Ammo asosiysi — jamoam g‘alabasi.

Ma’lumot uchun, Shomurodov milliy jamoadagi gollarini 31taga yetkazib, Mirjalol Qosimovni (30) ortda qoldirdi va Aleksandr Geynrix (31)ga yetib oldi. Rekordchi — Maksim Shaskix (34).

 
Franchesko Moreyro (Maldiv o. m.t.j ustozi): - Kuchli jamoaga qarshi yaxshi o‘ynadik. O‘xshash xatolarga yo‘l qo‘yyapmiz, ya’ni yakkakurashlarda yutqazyapmiz. Yuir so‘z bilan aytganda, bugun himoyaviy o‘yin ko‘rsatmadik va futbolchilar kutganimdek harakat qilishdi.

Tailand va O‘zbekiston o‘rtasidagi farq? Menimcha tailandliklar to‘p bilan juda tez harakatlanishadi va doim bo‘sh hududlar qidirishadi. O‘zbekiston termasi esa uzun uzatmalar bilan o‘ynaydi, hujum chizig‘i juda kuchli.

Eldor Shomurodov? O‘zbekiston faqat bir futbolchidan iborat emas. Futbol — jamoaviy o‘yin.

Shri-Lanka bilan bahs? Avvalo, bugungi mag‘lubiyatni tahlil qilamiz. Futbolchilarning ruhiyatini ko‘tarish qiyin. Yaxshi o‘yinlar o‘tkazib, kerakli natijaga erisha olmadik. So‘nggi bahsda xalqimizga g‘alaba taqdim qilmoqchimiz...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:45, 12.06.2022.
O'qildi: 4019 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.