Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Leypsig" Nkunkuning narxini ma’lum qildi

"Leypsig" Nkunkuning narxini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

“RB Leypsig” hujumchisi Kristofer Nkunku nemis klubi bilan shartnomasini uzaytirmoqchi, deb xabar beradi LVZ.

Manbaning xabariga ko‘ra, fransiyalik futbolchining kelishuvida 62 million yevro miqdoridagi tovon puli mavjud. Potensial xaridorlar keyingi transfer oynasida ushbu pul evaziga futbolchini sotib olishlari mumkin bo‘ladi.

Avvalroq hujumchiga “Milan”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

24 yoshli Nkunku o‘tgan mavsumda “Leypsig” safida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 35 ta gol urdi va 19 ta golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 18:54, 12.06.2022.
O'qildi: 3302 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.