Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arnautovich "Yuventus"ga o‘tadimi? Uning agenti bu haqda fikr bildirdi

Arnautovich "Yuventus"ga o‘tadimi? Uning agenti bu haqda fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"Bolonya" hujumchisi Marko Arnautovichning ukasi va agenti Daniel Arnautovich "Yuventus"ning futbolchiga qiziqishi haqidagi ma’lumotga izoh berdi.

“Marko har qanday jamoada asosiy rolda o‘ynay oladi. Hozir unga "Yuventus" kabi katta jamoalar qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Vlaxovich yosh hujumchi, endigina 22 yoshda va u Marko bilan birgalikdagi o‘yinlardan foyda ko‘rishi mumkin. Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin, nima bo‘lishini hech qachon bilmaysan", - deya agentning so‘zlarini keltiradi Tuttosport.

O‘tgan mavsumda 33 yoshli avstriyalik barcha turnirlar doirasida 34 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 21:29, 12.06.2022.
O'qildi: 1416 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.