Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Ruslan Ahmedov: «Andijon»ni o‘z maydonimizda yutganimizdan keyin ham bu jamoa hali o‘z so‘zini aytishini ta’kidlagandim»

Ruslan Ahmedov: «Andijon»ni o‘z maydonimizda yutganimizdan keyin ham bu jamoa hali o‘z so‘zini aytishini ta’kidlagandim»

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Xorazm” (2:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov savollarga javob qaytardi.

— Birinchi navbatda “Andijon” muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. Ular g‘alabaga haqli edi. Shunga yarasha ko‘proq imkoniyatlarni yaratishdi. To‘g‘ri, ikkinchi bo‘limda qarshi hujumlarda vaziyatlar yaratishga harakat qildik. Ammo “Andijon”da tajribali o‘yinchilar bor, yaxshi shakllangan jamoa. O‘z maydonimizda bu klubni mag‘lubiyatga uchratganimizdan keyin ham “Andijon” hali o‘z so‘zini aytadi, deb ta’kidlagandim. Superligaga chiqish uchun “Turon” bilan “Andijon” asosiy nomzodlar deb o‘ylayapman. Tajribali murabbiy ishlayapti, shakllangan jamoa. Tarkibimizda pro ligada umuman o‘ynamagan 5-6 ta futbolchilar bor. Tajribalari yetarli bo‘lmagani evaziga xatoga yo‘l qo‘yishib, gol o‘tkazdik. Bu – futbol.

— “Andijon” siz kutgan o‘yinni ko‘rsatdimi yoki...
— Shunday o‘yin kutgandik va shunga yarasha tayyorlangandik. Tarkibimiz yoshroq bo‘lgani bois safarlardagi uchrashuvlarda tajriba yetishmayapti. O‘z uyimizda esa yaxshi o‘ynayapmiz. Strategiyamiz bo‘yicha yoshlarni asta-sekin yetishtirib, tarkibimizni yoshartirmoqchimiz. Balki keyinchalik jiddiy maqsad qo‘yilishi ham mumkin.

— O‘yin boshida jamoangizda himoyaviy o‘yin ko‘rdik. Hisob qisqarganidan keyin hujumga ko‘proq o‘tildi...
— Futbol shunaqa. Futbol tempi bo‘yicha boshida 15-20 daqiqa davomida mezbonlar bosim qiladi. Keyin temp tiklanadi. Butun dunyoda shunaqa. Taktikamiz ham shunday edi. Ko‘p hujum qilamiz, degan umidimiz ham yo‘q edi. Sanoqli qarshi hujumlarga tayyorlanib turgandik. Ulardan bittasi amalga oshdi, qolganini o‘zinglar ham ko‘rdinglar, amalga oshmadi. Kuchimiz ham yetmadi. “Andijon” jamoasi tarkib va jismoniy holat bo‘yicha ham bizga nisbatan yaxshiroq.

— Safarda jamoangiz yaxshi o‘ynay olmayotganini aytdingiz. Bu maydon bilan bog‘liq emasmi? Chunki o‘z uyinglarda sun’iy maydonda o‘ynaysizlar. Yaqinda esa tabiiy maydonga o‘tasizlar.
— To‘g‘ri, markaziy stadionimiz tayyorlanyapti. Balki ikkinchi davra arafasida foydalanishga topshirishar. Savolingiz to‘g‘ri. Imkon qadar bu yerga kelishimizdan oldin 2-3 kun tabiiy maydonda shug‘ullandik. Ammo baribir bu yetarli emasdi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 08:12, 13.06.2022.
O'qildi: 1517 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.