Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Bugun O‘zPFL Ijroqo‘mi yig‘iladi. Unda bir qancha masalalar ko‘rib chiqiladi

Bugun O‘zPFL Ijroqo‘mi yig‘iladi. Unda bir qancha masalalar ko‘rib chiqiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasi a’zolarining navbatdagi yig‘ilishi bugun — 13 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Mazkur yig‘ilish Ijroqo‘m a’zolari to‘rt yilga saylanganidan keyingi ikkinchisi hisoblanadi. 

Sizga yaxshi ma’lumki, OFK qator masalalarda islohotlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, Chempionlar ligasi musobaqasida de fakto kuz-qish mavsumiga o‘tib bo‘lindi. Qolaversa, 2023 yilgi Osiyo kubogi mezbonini o‘zgartirish masalasi kun tartibida turibdi. Qit’a chempionatining kelasi yil yozda tashkil etilishi va unga O‘zbekiston milliy terma jamoasining tayyorgarlik dasturi (milliy termaning unda ishtirok etishi masalasi Tailandga qarshi o‘tadigan ertangi uchrashuvda hal bo‘ladi), “Nasaf” futbol klubi Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgani hamda jamoaning 2023 yil fevral oyidagi muhim o‘yinlarga tayyorgarlik dasturi O‘zPFL tomonidan tuzib chiqiladigan taqvim masalasida ayrim o‘zgarishlarga qo‘l urish zaruriyatini vujudga keltiradi. Shundan kelib chiqib, bugun birinchi galda shu masala ko‘rib chiqiladi. 

Shuningdek, O‘zPFL transfer oynasi sanalarini o‘zgarmas qilib belgilash masalasida Ijroqo‘m a’zolari bilan fikr almashishni maqsad qilgan. Kun tartibidan, shuningdek, 2023 yilgi mavsumda Liga kubogini qay tartibda o‘tkazish, ayollar futbolini rivojlantirishning navbatdagi bosqichi sifatida 2023 yilgi mavsumdan boshlab ayollar jamoalarining ham bosh stadionlarda to‘p surishi, futbolchi va ishchi-xodimlar oldida qarzdorliklari mavjud bo‘lgan klublarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish kabi masalalar joy olgan.

Ijroqo‘mda ko‘tarilgan masalalar haqida tushdan keyin batafsil ma’lumot beriladi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 11:43, 13.06.2022.
O'qildi: 2735 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.