Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

«Qo‘qon-1912» - «Nasaf» o‘yinida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan bosh hakam va VAR hakam Birinchi ligaga tushirildi

«Qo‘qon-1912» - «Nasaf» o‘yinida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan bosh hakam va VAR hakam Birinchi ligaga tushirildi

Baho:
+ | -

Hakamlar qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida hakamlikni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Superliga va Proliga uchrashuvlari davomida hakamlar faoliyati bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala:

Hakamlikni rivojlantirish yo‘nalishida O‘zFHM tasarrufida tashkil etilgan Hakamlar akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish, jumladan, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni sifatli tashkil etish, yosh hakamlar uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularning o‘z ustida ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, respublika musobaqalari davomida mahorat va tajriba orttirishlariga ko‘maklashish, shuningdek, chet tillarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratish masalalari qayd etildi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala:

Superliga uchrashuvlari davomida ayrim hakamlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tahlil qilindi.

Xususan, Superliga 5-turi doirasidagi «Surxon» – «Buxoro» uchrashuvi bosh hakami Firdavs Norsafarov o‘yin qoidalarini bir xil mezonda qo‘llamaganligi, 6-tur doirasidagi «Andijon» – «Navbahor» uchrashuvi bosh hakami Naim Qosimov tomonidan «Andijon» jamoasi bosh murabbiyiga nisbatan yetarli darajada qat’iy choralar ko‘rilmagani, shuningdek, 6-turda «Qo‘qon-1912» – «Nasaf» uchrashuvida bosh hakam Rustam Lutfullin va VAR hakami Ibrohim Ismoilov tomonidan qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi.

Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklar uchun Naim Qosimov va Firdavs Norsafarov ogohlantirildi.

«Qo‘qon-1912» – «Nasaf» bahsini boshqarib borgan bosh hakam Rustam Lutfullin hamda VAR hakami Ibrohim Ismoilov yo‘l qo‘ygan xatolari uchun Superliga, Proliga va O‘zbekiston kubogi bahslaridan birinchi davra yakuniga qadar chetlashtirildi. Shuningdek, har ikki hakam Birinchi ligaga tushirildi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 20:22, 20.04.2026.
O'qildi: 2031 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик