Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Millatlar ligasi. Qozog‘iston yana bir marta Slovakiyani mag‘lub etdi

Millatlar ligasi. Qozog‘iston yana bir marta Slovakiyani mag‘lub etdi

Baho:
+ | -1

UYEFA Millatlar ligasi musobaqasi "C" ligasi 3-guruhidan o‘rin olgan Qozog‘iston va Slovakiya terma jamoalari o‘rtasidagi 4-tur bahsi yakuniga yetdi. Unda qo‘shnilarimiz kuchli raqibni yana bir marta mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lishdi.

Mezbonlar 18-daqiqada Vorogovskiyning goli evaziga hisobni ochishgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim tugashiga 6 daqiqa qolganida Astanov farqni ikkitaga oshirdi.

Slovakiya ikkinchi bo‘lim boshida bitta javob to‘pini kiritdi. Ammo ular raqib darvozasiga boshqa yo‘l topa olishmadi. Shu tariqa, Qozog‘iston ikkinchi marta ushbu raqibni mag‘lub etdi. Ular 6 iyun kuni safardagi uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

Qozog‘iston ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolarini 10taga yetkazib oldi va o‘z peshqadamligini mustahkamladi. Slovakiya hisobida 6 ochko mavjud. Qo‘shnilarimiz Belarus va Ozarboyjonga qarshi kechadigan so‘nggi 2ta turda 2 ochko jamg‘arishsa, "B" ligaga ko‘tarilishadi.

Millatlar ligasi, "C" liga, 3-guruh, 4-tur
Qozog‘iston – Slovakiya 2:1 (2:0, 0:1)
13 iyun, 19.00, «Astana Arena»
Gollar: 1:0 – 18 Vorogovskiy, 2:0 – 39 Astanov, 2:1 – 51 Bero.
Qozog‘iston – Shaskiy, Gabishev (Kairov, 73), Maliy, Marochkin, Alip, Dosmagambetov, Vorogovskiy (Orazov, 74), Astanov (Logvinenko, 84), Darabayev (Erlanov, 88), Tagibergen, Aymbetov (Samorodov, 88).
Slovakiya – Rodak, Pekarik, Dyomber, Valyent, Xvatal (De Marko, 46), Kuska, Garaslin (Suslov, 89), Groshovski, Bero (Almashi, 82), Duda, Rusnak (Streles, 72).
Ogohlantirishlar: Dyomber (23), Orazov (86), Duda (86), Almashi (90), Kuska (90).
Chetlatish: Duda (87).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:29, 13.06.2022.
O'qildi: 2632 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик