Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" Asensioni 30 milliondan kamiga sotmaydi

"Real" Asensioni 30 milliondan kamiga sotmaydi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi yozgi transfer oynasida qanot hujumchisi Marko Asensioni sotishga tayyor, deb yozadi jurnalist Ekrem Konur.

Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" futbolchi uchun 30 million yevro olmoqchi. Asensioning "Real" bilan shartnomasi bir yildan keyin tugaydi va tomonlar shartnomani uzaytirish borasida kelisha olishmayapti. Qanot hujumchisiga "Arsenal" qiziqish bildirmoqda.

26 yoshli Asensio o‘tgan mavsumda "Real" safida barcha turnirlar doirasida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 09:27, 14.06.2022.
O'qildi: 2665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.