Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekiston - Iroq o‘yinida tartibsizliklar yuzasidan IIBB rasmiy munosabat bildirdi

O‘zbekiston - Iroq o‘yinida tartibsizliklar yuzasidan IIBB rasmiy munosabat bildirdi

Baho:
+ | -1

Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtakor” stadionida o‘tkazilgan futbol musobaqasida tomoshabinlar tomonidan stadionga tosh otish holatlari kuzatilganligi, natijada bir nafar shaxs jarohatlanganligi hakidagi xabarlar tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz, deya xabar tarqatdi Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Joriy yilning 11 iyun kuni soat 21.00da Toshkent shahridagi “Paxtakor” stadionida Osiyo kubogi doirasida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yini boshlangan. O‘yinning 12-daqiqasida o‘yin hakami tomonidan O‘zbekiston terma jamoasining darvozaboniga qizil kartochka ko‘rsatilib, 11 metrlik jarima to‘pi belgilanganda, muxlislar norozi bo‘lib, stadionga tashrif buyurgan ayrim tomoshabinlar plastmassa suv idishi va stakan, oyoq ostidagi beton parchalarini stadionga uloqtirishgan. Natijada stadionda fotomuxbir bulib xizmat olib borayotgan fuqaro 1992 yilda tug‘ilgan J.S. qorin bo‘shlig‘idan jarohat olgan. Unga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan, uning ahvoli yaxshi bo‘lganligi sababli shu kuni kasalxonadan chiqib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv davomida jamoat tartibini buzgan 47 nafar shaxslar aniqlanib, ularning 6 nafari: 1998 yilda tug‘ilgan A.Faxriddin, 1991 yilda tug‘ilgan T.Sarvar, 1984 yilda tug‘ilgan B.To‘xtamurod, 2003 yilda tug‘ilgan J.Bexzod, 2002 yilda tug‘ilgan V.Mexroj, 1998 yilda tug‘ilgan X.Abrorga sud tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bundan tashqari 10 nafar fuqaro 10 sutka ma’muriy qamoq, 3 nafari jarima jazosiga tortilgan, 28 nafariga nisbatan surishtiruv davom etmoqda. Shuningdek, fuqaro J.S. unga narsa otgan shaxsga nisbatan da’vosi yo‘qligini ma’lum qilib va ariza yozishdan bosh tortgan.

Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogi - nufuzli xalqaro sport musobaqasi hisoblanadi. Bu kabi sport musobaqalarida jamoat tartibiga rioya etmaslik nafaqat sportchilarimiz, balki O‘zbekiston obro‘siga putur yetkazishi mumkinligini unutmang. Sizlardan muxlislik madaniyatiga amal qilishingizni va jamoat tartibiga qat’iy rioya etishingizni so‘raymiz.

Manba: iibb.uz
Kiritildi: 16:05, 14.06.2022.
O'qildi: 4794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.