Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

«Bavariya» Sadio Mane uchun «Liverpul»ga uchinchi taklifni tayyorlamoqda

«Bavariya» Sadio Mane uchun «Liverpul»ga uchinchi taklifni tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

«Bavariya» «Liverpul» bilan Sadio Mane transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilmoqda.

Bild’ning yozishicha, myunxenliklar 35+5 million yevro ko‘rinishidagi uchinchi taklifni tayyorlamoqda.

Iyun oyi boshida «Liverpul» Sadioni 21+4 million yevroga sotishga rozi bo‘lmagandi. Shundan so‘ng myunxenliklar ketma-ket uchta «Oltin to‘p» va Chempionlar Ligasidagi uchta g‘alaba uchun bonuslarni hisobga olgan holda 35 million yevrolik taklif yuborgan. Ammo u ham rad etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ingliz klubi vinger uchun 50 million yevro olmoqchi bo‘lgan, biroq keyinchalik bu talab 45 million yevrogacha qisqargan.

Avvalroq Sadio Mane yozda «Liverpul»ni tark etishi ma’lum qilingandi. Mersisayd klubi senegallik futbolchi o‘rniga «Chelsi»dan Kristian Pulishichni olib kelmoqchiligi xabar qilingan.

30 yoshli futbolchi 2021/22 yilgi mavsum «Liverpul» safida barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:48, 14.06.2022.
O'qildi: 3134 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.