Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Florentino Peres: «Benzema «Oltin to‘p»ni bu yil, Vinisius esa vaqti kelib qo‘lga kiritadi»

Florentino Peres: «Benzema «Oltin to‘p»ni bu yil, Vinisius esa vaqti kelib qo‘lga kiritadi»

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, «Real Madrid» prezidenti "El Chiringuito"ga intervyu berdi. Peres bilan suhbatning ikkinchi qismini e’tiboringizga havola etamiz.

«Real» hamda «Real»ga aloqasi bor shaxslar haqida: Biz yosh o‘yinchilarni tarkibga qo‘shib olgan holda jamoani bosqichma-bosqich tiklayapmiz va buni davom ettiramiz. Karlodan juda minnatdorman. U ajoyib ishlamoqda. Modrich, Benzema, Kurtua… Ularning barchasi yetakchilar va yoshlarga katta yordam beradigan faxriylarimiz. Bir kun kelib Vinisius «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadi. Vinisius bilan shartnomani uzaytirishda muammo bo‘lmaydi. Unga bir nechta takliflar bor, biroq u faqat Madridda qolishni istayotganini allaqachon aytgan.

Karim Benzema «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadi.

«Atletiko» bizga chempionlik yo‘lakchasi tashkil qilmagani haqida? Men «Atletiko»ni hurmat qilaman, ular o‘zlari xohlagan narsani qilishlari mumkin. Bu ahamiyatsiz.‌‌ Har kimning o‘z urf-odatlari va qadriyatlari bor.

Zidan PSJda? Men u bilan bu haqda gaplashmadim. Uning yuragida «Real Madrid» va Fransiya terma jamoasi borligini bilaman.‌‌ Yozda boshqa transferlar amalga oshiramizmi? Yangi o‘yinchilar uchun joy bo‘lmasada, ro‘yxatimizda juda ko‘p o‘yinchilar bor. Ammo hali vaqt bor, hamma narsa bo‘lishi mumkin. Hozircha biz yangi o‘yinchilarning kelishi ustida ishlamayapmiz.‌‌

Serxio Ramos - «Real»da men ega bo‘lgan eng yaxshi himoyachi. Uning Lissabondagi goli unutilmas.‌‌ Ramos klubga qaytadimi? Bu uning futbolchilik faoliyatidan so‘ng nima qilishni xohlashiga bog‘liq.‌‌

Men Beylni juda yaxshi ko‘raman. U klub uchun ko‘p ish qildi. Beylning Madrid tarixidagi o‘rnini vaqt ko‘rsatadi. U ajoyib futbolchi. Uning jamoaga qilgan yaxshiligi har doim hamma narsadan ustun turadi.

Yangi «Bernabeu» 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha 100% tayyor bo‘ladi. Biz yangi «Bernabeu» Yevropadagi eng ajoyib maydon bo‘lishini istaymiz.

Azarga omad kulib boqmadi. «Real Madrid»ga o‘tganidan so‘ng ko‘p o‘tmay termadagi jamoadoshi tomonidan jarohatlandi (sobiq "PSJ" futbolchisi Menye nazarda tutilmoqda). Lekin u kelasi yil uning yili bo‘lishiga ishonmoqda. Hammamiz Azarga ishonishimiz kerak.

Muxlislarimizga rahmat aytishim kerak. Bu yilgi har bir bayram men uchun eng yaxshi mukofot bo‘ldi. Meni biror bir aniq so‘z bilan eslab qolishlarini xohlamayman. Men prezidentlikdan so‘ng, klubimiz fondida ishlamoqchiman. Bolalarga yordam berishni xohlayman", — dedi Peres.

Manba: uzreport.news
Kiritildi: 10:25, 16.06.2022.
O'qildi: 2928 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик