Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Yo‘l-yo‘lakay keladigan shuhrat, mashhurlik va mukofotlar sizni chalg‘itmasin!

Yo‘l-yo‘lakay keladigan shuhrat, mashhurlik va mukofotlar sizni chalg‘itmasin!

Baho:
+ | -

Kechagi o‘yinning zavqi bo‘lak. Bahs nihoyasiga yetgach o‘yingohga kirolmagan muxlislar futbolchilarimiz avtobusini kutib turgani ham harorat va hislar o‘zgacha bo‘lganini ko‘rsatadi.

Muxlislarsiz stadionda o‘ynash qiyin. Bu aniq. Lekin uchrashuvdan so‘ng yarim hazil, yarim chin ohangda bosh murabbiy futbolchilar ovozimni ko‘proq eshitishdi, dedi.

Ochig‘i, murabbiy masalasi alohida. Timur Kapadze aqlli mutaxassis ekanini yana bir bor isbotladi. Matbuot anjumanida undan qanday sabab bilan dastlab Hojimat Erkinov, so‘ng Jasur Jaloliddinovni zaxiraga olgani haqida so‘rashadi, deb kutgandim. Ko‘rinishidan bunday savol yangramagan.

Bunday vaqtda o‘yinda asosiy vazifani bajarayotgan futbolchilarni almashtirishga uncha-buncha murabbiy jazm etmaydi. Aslida sharh mobaynida maestro buning izohini aytib ketdi. Davron Fayziyev aytganday, Kapadze ixtiyorida zaxirada ham alohida funksiyali kuchli futbolchilar mavjud. Sodiqov, Jiyanov, Odilov va Fayzullayev o‘yinga zaxiradan qo‘shilar ekan, murabbiyning aniq hisobi bilan qo‘shildi. Qandaydir oddiy — "bu charchadi va olish kerak" qabiladagi o‘zgarish emasligi sezilardi. Natijada o‘rindoshlar o‘yinga silliq qo‘shildi. Yetakchilarni maydondan olib yanglishmadi murabbiy.

Eyforiyaga berilgim yo‘q. Bu yigitlarning asosiy maqsadi Parij-2024 ekanini bilamiz. Biroq ko‘ryapmizki, ular har bir yutug‘iga xarakter ko‘rsatib erishmoqda. Tasodif yoki boshqa faktorlar minimum.

Finalda turnir doirasida hali gol o‘tkazmagan Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynaymiz. Ko‘rinishidan ular barcha o‘tkizilajak gollarni ulgurjisiga O‘zbekiston terma jamoasi vakillari uchun saqlab qo‘yishgan. Nasib qilsa, biz mezbon sifatida qabul qilayotgan bu turnirda g‘alaba qozonamiz.

Finaldagi natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar futbolchilarga aytar so‘zim bor: Iltimos, o‘sishdan to‘xtab qolmang. Biz "oltin avlod"larni yo‘qotaverib charchab ketganmiz. Yo‘l-yo‘lakay keladigan shuhrat va mashhurlik, ehtimol katta mukofotlar sizni chalg‘itmasin! Qanchalik qiyin bo‘lmasin oxirigacha boring!

Parij olimpiadasi, Shimoliy Amerika mundiallarigacha boring! To‘xtamang! To‘xtashga haqqingiz yo‘q!

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 11:00, 16.06.2022.
O'qildi: 2676 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.