Kirish Ro'yxatdan o'tish

Morata "Arsenal"ga o‘tishni istamadi

Morata "Arsenal"ga o‘tishni istamadi

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Alvaro Morata “Arsenal”ga o‘tishdan bosh tortdi, deya xabar beradi La Gazette Dello Sport.

Manbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi "Nyukasl"dan kelgan takliflarni ham rad etgan, chunki u "Yuventus"da qolishni istaydi.

Oldinroq, Morata 2020 yildan buyon ijara asosida o‘ynab kelayotgan "Yuventus" hujumchini sotib olishni rejalashtirmagani haqida ma’lum qilgandi.

Ikki yil davomida Morata italyan grandi safida 92 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol urgan. Uning "Atletiko" bilan shartnomasi 2023 yilning iyunida yakuniga yetadi.

Kiritildi: 19:45, 16.06.2022.
O'qildi: 2298 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик