Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid - Betis
11/01 22:00 Torino - Yuventus
11/01 22:30 Espanyol - Leganes
12/01 00:45 Milan - Kalyari
12/01 01:00 Sevilya - Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma

«Chelsi»ning yangi sohibiga nazar

«Chelsi»ning yangi sohibiga nazar

Baho:
+ | -

«Chelsi»ni sotish bilan bog‘liq 2 oylik jarayon nihoyat, xotima topdi - «Los-Anjeles Dojers» beysbol klubi sohibi, amerikalik Todd Bouli eng munosib xaridor sifatida tanlandi.

Amerika-SHveysariya konsorsiumi xo‘jayini bilan kelishuv 4, 25 mlrd. funt sterlingga baholandi. Qolaversa, Bouli klubni rivojlantirish va «Stemford Brij»ni ta’mirlashga qo‘shimcha 1,5 mlrd. funt ajratishga va’da berdi. Bundan avval futbol klubi xaridi bo‘yicha rekord natija yangi asrning birinchi 10 yilligi o‘rtalarida qayd etilgandi - Gleyzerlar oilasi «MYU» aksiyalari uchun 790 mln. funt to‘lagan.

Boulidan tashqari, Stiven Palyuka («Boston» basketbol klubi va «Atalanta» sohiblaridan biri) va Martin Broton (British Airways sobiq rahbarini Lyuis Xemilton va Serena Uilyams qo‘llab-quvvatlashdi) ham xaridorlar ro‘yxatida edilar. Shuningdek, Buyuk Britaniyaning eng boy odami Jim Retkliff ham «Chelsi»ni sotib olishga xayrixoh bo‘lib, aksiyalar uchun 4,25 mlrd. funt taklif qildi. «Britaniyalik yagona da’vogarman. Maqsadim oddiy - Londonda ajoyib klub shakllantirish», - degandi Retkliff. Biroq u savdoga nisbatan kech aralashdi.

Xo‘sh, Bouli qanchalik qudratli? Amerikalik biznesmenning mulki qariyb 5 mlrd. funt sterlingga baholanmoqda. Todd Nyu-York, Boston va Londonda o‘z ofislarini ochgan Eldridge Industies xolding kompaniyasi ta’sischisi va ijrochi-direktoridir. U 2020 yili «Los-Anjeles Dojers» beysbol klubi bilan jahon seriyasida g‘alaba nashidasini surdi. Shuningdek, Bouli «Los-Anjeles Sparks» ayollar basketbol klubi va «Leykers»­da ham ulushdor. Amerikalik funk­sioner 2019 yili ham «Chelsi»ni xarid qilishga uringan, lekin Roman Abramovich 2,24 mlrd. funtni o‘z ichiga olgan taklifini rad etgandi. Darvoqe, Bouli 2014 yili «Tottenxem»ga ham xaridor bo‘lgandi. «Vaqtida Ras-Man va Donkey Kong tasarrufimizda edi. Biroq «MYU» yoki «Chelsi» haqida hech narsa bilmasdim, «Tottenxem» haqida ham eshitmagandim. Hozirgi yoshlar esa APL eng kuchli chempionat ekanligini yaxshi biladilar», - degandi Todd 2019 yili.

Konsorsium tarkibida yana kimlar bor? Bouli tasarrufidagi guruh tarkibi shveysariyalik milliarder Xansyorg Viss, «Dojers»dagi sherigi Mark Uolter va biznesmen Jonatan Goldshteyndan iborat. Bu to‘rt­likni Clarlake Capital investisiya firmasi qo‘llab-quvvatlashga tayyor. 86 yoshli Viss - Synthes Holding AG tibbiyot asbob-uskunalari korxonasining sobiq prezidenti. «Chelsi»ni xarid qilish xabarini aynan u e’lon qilgandi. Goldshteyn esa «Tottenxem»ning ashaddiy muxlisi - bu ko‘pchilikka ma’lum. Uning ofisida Garri Keyn butsasi esdalik sifatida saqlanmoqda. Darvoqe, Boulining oldingi urinishlari («Tottenxem» va «Chelsi»ni sotib olish borasida) vaqti ham Goldshteyn uning yonida edi. Clearlake kompaniyasiga kelsak, Kaliforniyada joylashgan bu guruh jami summasi 60 mlrd. funt sterlingdan ko‘p moliyaviy aktivlar egasi hisoblanadi. Tabiiyki, kompaniya «Chelsi»da kattaroq ulushga ega bo‘ladi. Aytgancha, «Chelsi»ning ashaddiy muxlisi, Lordlar palatasi a’zosi, konservator Deniel Finkelshteyn bu kompaniya maslakdoshlaridan biridir.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 06:27, 17.06.2022.
O'qildi: 5042 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.