"Barselona" prezidenti Joan Laporta yarim himoyachi Gavining yangi shartnomasi bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi.
"Gavining yangi shartnomasi yakunlanish arafasida - biz yakuniy bosqichdamiz", - deya Laporta so‘zlarini keltirgan jurnalist Fabrisio Romano Twitter'da.
Oldinroq Kataloniya klubi 17 yoshli ispaniyalik futbolchiga 2027 yilgacha shartnoma taklif qilgani, uning tovon puli 1 milliard yevro bo‘lganligi xabar qilingandi.
Gavi 2021 yildan beri "Barselona"ning asosiy jamoasida o‘ynamoqda. Yarim himoyachi joriy mavsumda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Gavining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga yetadi.