Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Argentina yetakchi, Ispaniya esa uchinchi o‘rinda. The Guardian nashri JCH-2022 favoritlari reytingini e’lon qildi

Argentina yetakchi, Ispaniya esa uchinchi o‘rinda. The Guardian nashri JCH-2022 favoritlari reytingini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Angliyaning The Guardian nashri Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionati favoritlari reytingini e’lon qildi.

Nashrga ko‘ra, Argentina terma jamoasi musobaqaning asosiy favoriti sifatida ko‘rsatilgan. Gazeta muharrirlarini argentinaliklarning JCH-2022 saralashidagi o‘yini, shuningdek, Finalissimada Italiya ustidan qozongan g‘alabasi ilhomlantirgan.

Amerika Kubogi-2021 finalida Argentinaga mag‘lub bo‘lgan Braziliya ikkinchi o‘rinni egallagan. Uchinchi o‘rindan Ispaniya terma jamoasi joy olgan. The Guardian Pedri va Gavi boshchiligidagi ispaniyalik yosh futbolchilar avlodini e’tirof etgan, ammo tarkibda yaqqol goleador hujumchi yo‘qligi muammo bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, mundial favoritlari top-10 ligiga Niderlandiya, Germaniya, Fransiya, Daniya, Belgiya, Portugaliya va Angliya kiritilgan. So‘nggi o‘rinlarda Janubiy Koreya, Kosta-Rika, Qatar, Avstraliya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari qayd etilgan.

Avvalroq Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Argentina va Braziliya terma jamoalarini mundial favoriti deb hisoblashini aytib o‘tgandi.

Futbol bo‘yicha 2022 yilgi Jahon Chempionati 21 noyabrdan 18 dekabrga qadar davom etadi. Qatarda bo‘lib o‘tadigan mundial uchun so‘nggi yo‘llanmani Yangi Zelandiyani mag‘lub etgan Kosta-Rika terma jamoasi qo‘lga kiritdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:06, 17.06.2022.
O'qildi: 5272 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик