Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Pogba «MYU»ga avvaldan keraksizmidi?

Pogba «MYU»ga avvaldan keraksizmidi?

Baho:
+ | -

Futbolda pul topish ham bir san’at aslida. Quyida Pogba va Rayolaning “Manchester Yunayted” bilan yangi shartnomasi paytidagi suhbatini e’tiboringizga havola etamiz.

Pol Pogba faoliyatida ikkinchi marta “Old Trafford”ni tekinga tark etmoqda. Ikkala holatda ham "MYU" uni saqlab qolishga harakat qildi, ammo Pol yakunda ketishga qaror qildi - u aftidan "Yuventus"ga qaytadi.

Shu bilan birga, fransuz haqidagi Pogumentary nomli hujjatli filmning treyleri ham chiqdi. Filmning o‘zi juma kuni efirga chiqishi kutilmoqda va uning "Yuve"ga o‘tish ham xuddi shu vaqtda e’lon qilinishi mumkin.

Treylerning bir qismi 2021 yil iyul oyidagi Pogba va uning agenti Mino Rayola o‘rtasidagi telefon suhbatida namoyon bo‘ldi. Ular "Manchester Yunayted" taklif qilgan yangi shartnomani muhokama qilishgan. Bunga ko‘ra, Polning maoshi eski shartnoma bo‘yicha haftasiga 290 ming funtdan ko‘tarilishi kerak edi.

Mana ular bu masalani qanday muhokama qilishgan:

Rayola: Pol, sening vaziyating deyarli aniq. Shartnoma borasida hech qanday ortiqcha fikr bo‘lishi mumkin emas.

Pogba: "Manchester Yunayted" menga ikkinchi taklif bilan chiqdimi?

Rayola: Ha. Ular sening qolishingni xohlashmoqda. Lekin menimcha, ularning taklifi buni aks ettirmaydiganga o‘xshaydi. Men ularga: “Polning qolishini istasangiz, taklifning moliyaviy tomonlarini yaxshilashingiz kerak deb aytdim. Men ularga tushuntiraman, agar ular seni atrofingda jamoa qurishni xohlamasa, transfer masalasida ish ochiladi.

Pogba: Ular menimcha bizni aldashyapti. Qanday qilib o‘yinchiga unga mutlaqo kerakligingni aytsang-u, lekin hech narsa taklif qilmasliging mumkin? Men hech qachon bunday narsani ko‘rmaganman.

O‘sha paytda ommaga nima ma’lum edi?

Xo‘sh, agar Pogbaning e’tirozi nimadan iborat? Gap shundaki, ikkala tomon ham to‘liq shartlar bo‘yicha kelisha olmagan, Pogba hech qanday tovon pulisiz ketmoqda. O‘tgan mavsum iyulda Pogbaning "Manchester Yunayted" bilan yangi shartnomasi haqida ko‘p xabarlar tarqalgan edi.

• Sky Sports nashrining yozishicha, Pogba va ingliz klubi vakillari o‘rtasidagi muzokaralar hech narsaga olib kelmagan va fransuz yangi shartnoma taklifini rad etgan. Manbaning qayd etishicha, shartnoma uzaytirilishi ehtimoldan yiroq emas.

• O‘shanda "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher muzokaralar davom etayotganini aytgandi: «Mening Pol bilan bo‘lgan barcha muloqotim uning mavsumni intiqlik bilan kutayotganiga bog‘liq. U o‘ynashni xohlasa, biz bundan minnatdor bo‘lamiz. Pogba haqida har doim mish-mishlar bo‘lib kelgan, lekin to‘liq tafsilotlarini bilmayman. Bu haqda aytadigan gapim yo‘q, — deya qo‘shimcha qiladi norvegiyalik.

• ESPN xabariga ko‘ra, Manchester klubi shartnomani uzaytirishni dargumon deb hisoblamoqda.

• Iyul oyi oxirida Sky Sports nashri Pogba «Manchester Yunayted» bilan yangi shartnoma imzolashni istisno qilmagani haqida ma’lumot tarqatdi - ammo fransiyalik futbolchi moliyaviy tomonlama yaxshiroq takliflarni kutmoqchiligi ma’lum.

• Jamoadan ketish haqida ko‘p mish-mishlar tarqaldi. Asosiy da’vogar "PSJ" edi, ammo bu transfer hech qachon amalga oshmadi.

Shuningdek, "Manchester Yunayted" bilan shartnomani uzaytitish ehtimoldan yiroq.

Kiritildi: 12:16, 18.06.2022.
O'qildi: 2175 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.