Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Shaxmat: Abdusattorov xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi

Shaxmat: Abdusattorov xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi

Baho:
+ | -

Shaxmat bo‘yicha Chexiyaning Praga shahrida tashkil etilgan xalqaro turnir o‘z yakuniga yetdi. Shveysarcha tizimda o‘tkazilgan musobaqada dunyoning 8ta davlatidan 10 nafar grossmeyster ishtirok etdi. Ular safida hamyurtimiz, rapid yo‘nalishi bo‘yicha eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ham g‘oliblik uchun dona surdi.

8-turdan keyin Nodirbek 5,5 ochko jamg‘argan holda peshqadamlar safidan joy olib turgandi. Hal qiluvchi 9-turda u slovakiyalik Pexas Jergus bilan durang o‘ynadi. Bundan esa Germaniya vakili Vinsent Keymer hamda amerikalik Xans Niyemann unumli foydalanib qolishdi. Ular o‘z raqiblari ustidan g‘alabaga erishdi va Abdusattorovni 0,5 ochkoga ortda qoldirdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra Keymar 6,5 ochko bilan musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi. AQSH vakili Xans Niyemann ham shuncha ochko jamg‘ardi, ammo qo‘shimcha koyeffisiyentlarga ko‘ra Germaniya vakili 1-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

9 imkoniyatdan 6 ochko jamg‘argan Nodirbek Abdusattorov esa kuchli uchlikka yakun yasab berdi.

Ta’kidlash joiz, Pragadagi xalqaro turnirning 1-tartib raqamli ishtirokchisi – AQSHlik Xans Niyemann bo‘lib, u 2 678 reyting ochkosiga ega. Germaniyalik Vinsent Keymar esa 2 675 ochko bilan ikkinchi tartib raqamida saralangan. Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov esa 2 661 reyting ochkosi bilan xalqaro turnirda 3-tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan.

Manba: Minsport.uz
Kiritildi: 18:28, 18.06.2022.
O'qildi: 1521 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.