Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Joan Laporta: «Levandovskining shartnomasini hurmat qilamiz»

Joan Laporta: «Levandovskining shartnomasini hurmat qilamiz»

Baho:
+ | -

Joan Laportaning hali ham hal etilmagan muammolari ko‘p, ammo bu vaqtda uning «Barsa» prezidenti sifatidagi ikkinchi muddatida birinchi to‘liq mavsum tugadi.

Asosiy bosh og‘rig‘i erkaklar jamoasi bo‘lib, kampaniyani umidsiz yakunladi va La Liga prezidenti Xavyer Tebas bilan moliyaviy feyr-pley cheklovlari bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli hozirda bir qator o‘yinchilar va shartnomalarni imzolab bo‘lmaydi. Laporta L`Esportiu nashri tashkil etgan intervyuda nafaqat yomon iqtisodiy vaziyatni yengish haqida gapirdi, balki boshqa ko‘plab savollarga ham javob berdi. Biz ushbu suhbatning eng muhim jihatlarini e’tiboringizga havola etamiz.

- «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda tribunada hushtakbozlik kuzatildi. Mavsumni qanday baholagan bo‘lardingiz?

- Murabbiyni almashtirishimiz bilan jamoaning o‘yini yaxshilandi. Xavi juda yaxshi harakat qildi. Biz mavsumning so‘nggi qiyin segmentidan o‘tishimiz kerak (odatda, mavsum 30 iyunda tugaydi). Avvalgisi allaqachon o‘tib ketdi, tarkibni yangi transferlar bilan kuchaytirdik, ammo finish yomon bo‘ldi. Bu jamoa hali qayta shakllanish bosqichida va o‘zgarishlarga muhtoj. Jarohatlar tufayli yo‘qotilgan o‘yinchilar o‘rnini to‘ldirish uchun zarur tarkibga ega emasdik. «Barsa» qayta tug‘ilgandek tuyulganida, yaxshilikka umid qildik, hammasi binoyidek kechishini kutdik, jarohatlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqiblarga qarshi bahslarda qabul qilingan qarorlardan tashqari, Primerani ijobiy holatda yakunlashga xalal beruvchi ko‘plab to‘siqlarga yo‘liqdik. Bu esa, jamoani mustahkamlash, muhim qarorlar qabul qilish kerak, degan fikrni vujudga keltirmoqda.

- Mavsum yakuniga qanday munosabatdasiz?

- Jahlim chiqdi, hafsalam pir bo‘ldi. Garchi bizda jarohatlar borligini bilsam-da, o‘z uyimizda «Kadis», «Rayo Valyekano» va «Vilyarreal»ga mag‘lub bo‘lmasligimiz kerak. Jamoaning ishga munosabatidan nihoyatda noroziman. O‘yinchilarda xarakter yo‘qligi uchun Xavidan kam azob chekmadim. Buning qay taxlit sodir bo‘lganini tushunmayapman. Jamoaga yetakchilik sifatlari yetishmadi, men esa bundan qattiq ranjidim.

- Keling, nomlarga murojaat qilaylik: Dembele. Muammo nimada?

- Ularda (Usmonning atrofidagilar) bizning taklifimiz va uni qabul qilish uchun so‘nggi muddat bor, chunki ortiqcha vaqt yo‘q. Kelasi mavsumga anchadan buyon tayyorgarlik ko‘ryapmiz, agent taklifimizga o‘z vaqtida javob bermagani uchun ushbu muammo bizni to‘xtatib turibdi. Ular qarshi taklif tayyorlashyapti, shekilli. Endi bizning ustuvor vazifamiz moliyaviy feyr-pleyga rioya qilish uchun iqtisodiy vaziyatni tuzatishdir. Ko‘plab o‘yinchilar bor, ular uchun ma’lum (moliyaviy) operasiyalarni amalga oshirishingiz kerak, ammo La Liga buni amalga oshirishimizga ruxsat bermaydi. Yuqorida men aytib o‘tgan qoidalar bilan cheklanishga majburmiz.

- Agar La Liga yon bermasa, nima qilasiz?

- Muzokarani davom ettiramiz va ularni (futbolchilarni) halol o‘yinga rioya qilishimiz kerakligiga ishontirishga harakat qilamiz, aks holda, keyingi mavsum uchun hech kim bilan shartnoma imzolay olmaymiz. Ba’zi operasiyalar allaqachon amalga oshirilgan, ammo La Liga o‘ta jiddiy va bizni feyr-pleyning minimal talablariga rioya qilishga olib keladigan biror chora ko‘rishga undaydi. Lekin bu bizga ko‘p ham yordam bermaydi. Translyasiya huquqlarining 10 foizini sotish haqida gapir­yapmiz va agar bu muqarrar bo‘lsa, o‘zimiz uchun noqulay shartlar asosida emas, o‘z shartlarimiz bo‘yicha shartnoma tuzmoqchimiz.

- Alvesh Neymarning do‘s­ti hisoblanadi, bir necha kun avval Xavi ham bu futbolchini yoqtirishini aytgandi. Sizning Neymar haqidagi fikringiz qanday?

- Neymarni kim sevmaydi? U ajoyib futbolchi.

- «PSJ» unga chiqish eshiklarini ochishi mumkin...

- Uning hozirgi jamoasida hali to‘rt-besh yillik shart­nomasi bor. «PSJ» kabi klublar bilan kelishuv imzolagan futbolchilar deyarli qullikka rozi bo‘lishadi. Hammasi pul uchun.

- Messi hammi?

- Messi bilan hammasi shunday bo‘ldi. Barchamiz uning faoliyatini shu yerda yakunlashini istardik, biroq ma’lum sabablarga ko‘ra bu imkonsiz bo‘lib chiqdi. Hamma gap La Liganing moliyaviy feyr-pleyi va «PSJ»da. O‘yinchilar, bunday shartnomalarni imzolagandan so‘ng, ular o‘z ixtiyori bilan keta olmaydilar. Ayni turdagi operasiyalar yuzlab million yevroga baholanadi. Ehtimol, Neymarning holatini misol sifatida ko‘rsatarsiz, lekin Fransiyada qanday qoidalar borligini bilmayman. Balki ularda bizda mavjud bo‘lmagan boshqa variantlar ham bordir, ammo imzolangan shartnomani bekor qilish katta mablag‘ni talab qiladi. «PSJ» ortida davlat turgani ham rost, ularda pul ko‘p, shartnomani bekor qilganlik uchun jarimani qoplashga qodirlar.

- Levandovskining transferiga pul sarflay olasizmi?

- Robertning «Bavariya» bilan yana bir yillik shartnomasi bor, vaziyat hozircha shunaqa. Bu haqda boshqa hech narsa deya olmayman.

- Ammo u ketish uchun ilk qadamlarni qo‘ydi, masalan, allaqachon so‘nggi o‘yinini o‘tkazganini aytdi...

- Biz hech kimning ishiga aralashmaymiz, Levandovski va «Bavariya» o‘rtasida tuzilgan shartnomani hurmat qilamiz. U juda yaxshi futbolchi, bizga juda yoqadi, lekin kelishuvi amalda ekanligini unutmaslik lozim.

- «Yuventus» va «Real»ga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sanksiyalardan xavotirdamisiz?

- To‘g‘risi, ular (UYEFA) hech qanday sanksiya qo‘llay olishmaydi, deb o‘ylamayman. Biz - klublar Yevropa Ittifoqi tamoyillarini - erkin raqobat va yevropeizmni himoya qilamiz. Yevropada futbol barqaror bo‘lishini va bu bozorni buzadigan rus yoki arab oligarxlari ko‘rinishidagi tashqi agentlarga ega bo‘lmasligini istaymiz. Menimcha, UYEFA ushbu tamoyillarni himoya qilgan klublarni jazolashga qodir emas. Keyingi Chempionlar Ligasi uchun ro‘yxatdan o‘tganmiz. Agar ular erkin raqobatni yo‘q qilmoqchi bo‘lsalar, bu noto‘g‘ri. Mabodo, shunday qilishsa, bumerang effektiga ega bo‘lishadi, chunki ular oxir-oqibat Yevropa Ittifoqi tamoyillarini buzadilar.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:49, 19.06.2022.
O'qildi: 2334 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.