Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

OCHL. Pley-off bosqichi o‘yinlari shu yilning sentyabr oyiga ko‘chirilishi mumkin

OCHL. Pley-off bosqichi o‘yinlari shu yilning sentyabr oyiga ko‘chirilishi mumkin

Baho:
+ | -

Yaqin orada FIFA 2023 yilning fevralida BAAda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkazilishi haqida e’lon qiladi. Prinsipial qaror allaqachon qabul qilib bo‘lingan. Faqat rasmiyatchilik qolgan xolos.

Bundan anglash mumkinki, keyingi yil fevralida OFK Chempionlar Ligasi o‘yinlari o‘tkazilmaydi. Birinchidan, FIFA OFKning klublar o‘rtasidagi JCHda qatnashadigan vakilini aniqlab olishi zarur. Avvalgi turnir g‘olibi («Al-Hilol»)ning ishtirok etish varianti FIFAni qoniqtirmaydi. Mabodo, qoniqtirganda ham, OCHLning G‘arb mintaqasidagi uchrashuvlari fevralda o‘tkazilmasdi, axir «Al-Hilol» bir vaqtning o‘zida ikki turnirda qatnasholmaydi. Ikkinchidan, bir klubni ikki marta JCHga jo‘natish Osiyoning boshqa klublarga nisbatan adolatdan bo‘lmaydi. Qolaversa, bu sport va moliyaviy nuqtai nazardan ham noto‘g‘ri.

Shunday ekan, OFK endi taqvimda Chempionlar Ligasini yakunlash uchun yangi sanalarni izlamoqda. Qatardagi jahon chempionati bahslari 18 noyabrda boshlanishini inobatga olsak, ikkita asosiy variant bor - 2022 yilning sentyabri yoki 2023 yilning yanvari. Ammo BAA va Saudiya Arabistoni vakillari ikkinchi variantga qarshilar. Ularga Chempionlar Ligasi bahslari yanvarda Iroqda o‘tadigan Ko‘rfaz kubogi turniri bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolishi yoqmayapti.

Demak, joriy yilning sentyabri OCHL o‘yinlari uchun optimal vaqtdek ko‘rinmoqda va «Nasaf» aynan shu muddatga tayyorgarlik ko‘raverishi kerak.

Alisher NIKIMBAYEV

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:00, 19.06.2022.
O'qildi: 3534 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик