Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

U23 Osiyo kubogi. Final. Shiddatli kechgan birinchi bo‘limda hisob ochilmadi

U23 Osiyo kubogi. Final. Shiddatli kechgan birinchi bo‘limda hisob ochilmadi

Baho:
+ | -

U23 Osiyo kubogi finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi bahsning birinchi bo‘limi yakuniga yetdi.

Saudiyaliklar uchrashuvni keskin hujum bilan boshlagani kutilmagan hol bo‘ldi. Futbolchilarimiz raqibning bosimni bartaraf etishgach, tashabbusni o‘z qo‘llariga ola boshlashdi. Uyushtirilgan hujumlar paytida o‘yinchilarimiz so‘nggi pas yetishmadi. Boz ustiga, arab futbolchilari ham yaxshi himoyalanishdi.

23-daqiqada o‘tib borayotgan paytda Saudiya Arabistoni ilk ogohlik qo‘ng‘irog‘ini chaldi. Jaloliddinov to‘pni jarima maydoni atrofidan uzoqlashtirmoqchi bo‘lib, raqibga berib qo‘ydi. Natijada mehmonlar xavfli hujum tashkil qilishdi. Yaqin masofadan berilgan zarba yo‘liga Davronov o‘zini tashladi va xavfni bartaraf etdi.

Oradan 10 daqiqa o‘tib hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldik. 33-daqiqada Hoshimovning bosh bilan bergan uzatmasidan so‘ng Erkinov yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Ammo Hojimat to‘pni yuqoriga tepib yubordi. Mana shu hujum terma jamoamizning birinchi taymdagi eng xavfli vaziyati bo‘ldi.

Bahsning 39-daqiqasida esa darvozamiz oldida juda xavotirli vaziyatga yuzaga keldi. Saudiyalik darvozabon olis masofaga tepib yuborganidan keyin raqiblarimiz to‘pni egallab, jarima maydonimizga kirib kelishdi. Davronov esa raqibini "korpus" orqali yopishga urinib, uni yiqitdi. Qatarlik referi esa darvozamiz tomon penalti belgiladi. Ushbu vaziyatni VAR ko‘ra boshladi va darvozabon uzatma berayotganida hujumchi kichik ofsaydda bo‘lganini aniqladi. Shu orqali penalti bekor qilindi. O‘ziga shukr.

Bo‘limga qo‘shib berilgan 4-daqiqa o‘tib borayotganida esa to‘p darvozamizga kirishiga sal qoldi. Nazarov darvozani tashlab oldinga chiqqan paytda Ayman Yahyo bosh bilan zarba berdi. Vladimir ortga qaytib to‘pni qaytardi. To‘p darvozabonimizning qo‘li aralash ustunga tegdiyu, maydonni tark etdi.

Voqealarga boy bo‘lgan bo‘limdan so‘ng hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limni kutamiz.

U23 Osiyo kubogi, final
O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni - 0:0 (birinchi bo‘limdan so‘ng)
Ogohlantirish: Ayman Yahyo (45+2)
O‘zbekiston - Vladimir Nazarov, Saidazamat Mirsaidov, Dostonbek Tursunov, Muhammadqodir Hamroaliyev, Hojimat Erkinov, Ulug‘bek Hoshimov, Jasurbek Jaloliddinov (S), Diyor Xolmatov, Alibek Davronov, Husayn Norchayev, Abdurauf Bo‘riyev
Saudiya Arabistoni: Navof Dahiy Al-Aqidiy, Hassan Tambaktiy, Ibrohim Mahnashiy, Ayman Yahyo, Hamid al-G‘amdiy, Firas al-Braykan, Ahmad Mazen al-G‘amdiy, Moteb al-Harbiy, Hamad al-YAmiy, Hussayn Iyso, Saud Abdulhamid
Bosh hakam: Salmon Ahmad Falahiy (Qatar)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:00, 19.06.2022.
O'qildi: 2433 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.