Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

"PSJ" futbolchisi: "Barselona" "PSJ"ga yutqazganidan keyin Messi meni o‘ldirmoqchi bo‘lgandi"

"PSJ" futbolchisi: "Barselona" "PSJ"ga yutqazganidan keyin Messi meni o‘ldirmoqchi bo‘lgandi"

Baho:
+ | -

"PSJ" yarim himoyachisi Leandro Paredes 2021 yilda o‘sha paytda "Barselona"da o‘ynayotgan jamoadoshi Lionel Messi bilan qanday munosabatda bo‘lganini aytdi.

Janjal Chempionlar ligasining 1/8 finali birinchi o‘yini yakunlanganidan keyin yuzaga kelgan. O‘shanda "PSJ" safarda "Barselona"ni 4:1 hisobida mag‘lub etgandi.

"Leo jamoadoshlarimga aytgan gaplarimni eshitdi va bundan uning jahli chiqdi. U shunchaki menga hujum qildi. Messi meni o‘ldirmoqchi edi, men esa uydan qochishni orzu qilardim. Ammo shundan keyin Argentina terma jamoasida uchrashdik va Messi o‘zini go‘yo hech narsa bo‘lmagandek tutdi. Munosabatlarimiz umuman o‘zgarmadi. Hozir bu voqeani eslaganimizda kulamiz. Lekin o‘yindan keyin u qattiq g‘azablangandi”, — dedi Paredes Caja Negra nashri.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Messi 2021 yilning yozida "Barselona"dan tekinga "PSJ"ga o‘tgan edi.

Kiritildi: 11:25, 20.06.2022.
O'qildi: 6512 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик